So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

“Metallurg”: Doston Tursunov, Doniyor Ismoilov va Navro'z Alimov keldi Yangiliklar

“Metallurg”: Doston Tursunov, Doniyor Ismoilov va Navro'z Alimov keldi

Bekobodning “Metallurg” jamoasi Yangi yil bayramidan qaytdi va ikkinchi yig'inni ham CHirchiq shahrida davom ettirmoqda.

Futbolchilar har kuni ikki mahaldan mashg'ulotlarda ishtirok etishayapti va jismoniy tayyorgarlikni tiklash jarayonini katta etibor qaratilmoqda. Mashg'ulotlar “Kimyogar” stadionida olib borilyapti. SHanba kuniga murabbiylar shtabi jamoaning asosiy va yoshlar tarkiblarini uyg'unlashtirgan holda o'zaro o'yin o'tkazishni rejalashtirmoqda. 13 yanvar kuni “Metallurg” futbolchilari tibbiy ko'rikdan o'tadi. Ertasi kuni esa poytaxtimizda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan “Qo'qon 1912” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi rejalashtirilyapti.

Jamoa tarkibida bazi yangilanishlar bo'lishi kutilmoqda. Ayni paytda klub yarim himoyachilaridan biri Jahongir Abdumo'minov Tailand jamoalaridan birida ko'rikdan o'tayotganligini malum qilgandik. Jamoa tatildan qaytgach “Metallurg” mashg'ulotlariga uch nafar yangi o'yinchi kelib qo'shildi. Bular “Olmaliq” hujumchisi Doniyor Ismoilov,  “Qo'qon 1912” himoyachisi Dostonbek Tursunov hamda “Qizilqum”, “Paxtakor” hamda “Qo'qon 1912” jamoalaridagi faoliyati orqali yaxshi tanish bo'lgan hujumchi Navro'zbek Alimovlardir. O'z navbatida bugun jamoa mashg'ulotlariga Kopadzelar sulolasining kenja vakili Kamronbek Kopadzening ham kelib qo'shilishi kutilyapti.


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика