So’nggi yangiliklar

15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  1 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  8 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  7 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4

"Metallurg": Andrey Sergeevich SHipilovni tabriklaymiz! Yangiliklar

"Metallurg": Andrey Sergeevich SHipilovni tabriklaymiz!

Bugun “Metallurg” PFK bosh murabbiyi Andrey Sergeevich SHipilovning tavallud topgan kuni. Andrey Sergeevich 48-bahorini qarshilamoqda.

“Metallurg” futbol klubi rahbariyati, futbolchilari va muxlislari nomidan Andrey Sergeevichni tug'ilgan kuni – to'rtinchi muchal ayyomi bilan samimiy tabriklaymiz. Unga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik, xotirjamlik, baxt-saodat tilaymiz. Farzandlar kamolini ko'rib yuring, ishlaringizga ulkan rivoj, muvaffaqiyatlar yor bo'lsin!

Sizning rahbarligingizda “Metallurg” jamoasi o'tgan mavsum o'z tarixidagi qayd etgan eng yaxshi natijasini takrorladi. Mavsumni beshinchi o'rinda yakunlash barobarida bekobodlik futbol ishqibozlariga unutilmas lahzalarni, shodlik va quvonchni taqdim etdi. Umil qilamizki, Andrey Sergeevich hali uzoq yillar “Metallurg” futbol klubi boshqaruvida samarali mehnat olib borib, bundan-da yuksak natijalarni zabt etasiz. Siz bilan “Metallurg” milliy chempionatimizda sovrindor bo'lishini, O'zbekiston kubogi bahslarida muvaffaqiyat qozonishini, xalqaro maydonlarda mamlakatimiz sharafini munosib himoya etishini istaymiz.

Qadrli Andrey Sergeevich!
Tug'ilgan kuningiz – muchal ayyomingiz yana bir bor muborak bo'lsin!


“Metallurg” matbuot xizmati


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика