"Metallurg" akademiyasi futbolchilari Madriddagi turnirda ishtirok etmoqda
23 iyu 2024 10:22
Yangiliklar
"Metallurg" akademiyasi futbolchilari Madriddagi turnirda ishtirok etmoqda
To'rtinchi marotaba o'tkazilayotgan musobaqada dunyoning 34 mamlakatidan tashrif buyurgan 200 dan ortiq jamoa ishtirok etmoqda.
Etiborlisi, O'zbekistonning "Metallurg" klubi qoshidagi bolalar va o'smirlar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari 12 va 19 yosh toifalarida g'oliblik uchun kurashadi.
Jumladan, bekobodliklarning U-12 jamoasi "G" guruhida Ispaniyaning "Evro cokker", "Deportivo Yunion", "Alkobendas" hamda "Sokker SHarks" klublari bilan bellashadi.
19 yoshlilar esa "C" guruhida Kolumbiyaning "Atletiko Nasonal", Germaniyaning "Veen Visbaden", Ispaniyaning "Inspayr sokker" hamda "Real Sosedad Alkala" jamoalari bilan to'qnash keladi.
Turnirning birinchi kuni har ikkala yosh toifasidagi jamoalar g'alabaga erishdi. Kichik yosh toifasidagilar mahalliy “Eurosoccer Akademy” jamoasini 5:3 hisobida dog'da qoldirdi.
U-19 jamoasi esa “Inspayr” jamoasiga qarshi murosasiz bahs olib borishdi va yakunda 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar