So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

"Metallurg" 11 nafar futbolchi bilan xayrlashganini elon qildi Yangiliklar

"Metallurg" 11 nafar futbolchi bilan xayrlashganini elon qildi

Bekobodning “Metallurg” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

"Dastlabki yig'in kuniyoq jamoada bir qator juziy o'zgarishlar bo'lganligini kuzatish mumkin. Jamoaning o'tgan yilgi asosiy tarkibi o'zagi saqlab qolingani holda yangilanish sari katta qadam tashlanganligini payqash qiyinmas. Avval malumot berganimizdek, klub rahbariyati jamoaga bir qator yangi o'yinchilarni taklif etdi. Ular orasida Fozil Musaev, Islombek Isoqjonov, Abbos Otaxonov, Hakimxon Alamxonov, SHohnazar Norbekov, Ergash Ismoilov, Zabixillo O'rinboev, Ixtiyor Toshpo'latov singari tajribali o'yinchilar qatorida ko'rikka taklif etilgan yangi nomlarni ham uchratish mumkin. Yangi mavsumda “Metallurg” sharafini himoya etuvchi yakuniy tarkib esa qishki o'quv-mashg'ulot yig'ini ciklida aniqlab boriladi.

O'z o'rnida bir necha mavsum “Metallurg” sharafini himoya etgan bir qator o'yinchilar bilan klub do'stona xayrlashganini ham aytib o'tish joiz. Yangi mavsum arafasida faoliyatini boshqa klublarda davom ettirishni ixtiyor etgan Akbar Ismatullaev, Kamoliddin Tojiev, Stanislav Andreev, Akmal Tursunboev, Muhammad Isaev, Ivan Nagaev, Abdurahmon Abdulhaqov, SHahzodbek Nurmatov, Dilshod Rahmatullaev, Mahmudjon Qudratillaev, Ruslan Roziev hamda murabbiylar Anatoliy Kurlaev va Petr Gizimchuklarga “Metallurg” PFK rahbariyati, ko'p ming sonli muxlislari nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Ularga Bekoboddagi samarali hamkorliklari uchun tashakkur izhor etgan holda keyingi faoliyatlarida omad yor bo'lishini tilaymiz",- deya xabar bermoqda "Metallurg" matbuot xizmati.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика