Messining onasi: "Leo tanqiddan aziyat chekadi va yig'laydi"
21 iyu 2018 14:58
Yangiliklar
Messining onasi: "Leo tanqiddan aziyat chekadi va yig'laydi"
"Aslida odamlar uni yaxshi ko'rishadi, Leo ham ularga shunday javob beradi. O'g'lim bu narsani juda qadrlaydi.
U turnirdan ko'prog'ini kutmoqda, chunki Leoning orzusi - jahon chempionatida g'olib bo'lish. Ko'proq shuni istaydi.
Oilamiz Leoni qo'llab-quvvatlaydi. U sovrinni yutishni juda-juda xohlaydiganlardan biri.
Tanqidlardan aziyat chekamiz. Lionel masuliyatni his qilmaydi deyishadi, biroq bu yolg'on. Agar hamma Leoni biz ko'rganimizdek ko'rishganidamidi: U tanqidlar tufayli yig'laydi. Tanqid uni qalbini yaralaydi.
Unga omad tiladim va o'zi haqida qayg'urib, bir paytlar "Grandoli"da o'ynagani kabi futboldan rohat olishi kerakligini aytdim.
To'rt nafar farzandim bor, ularning barini yaxshi ko'raman, biroq Leo eng yaxshi ota va er. Qasam ichaman, u juda yaxshi inson. Bunday deyish noto'g'ri, ammo gaplarim rost.
U katta qalbga ega inson, jahon chempioni bo'lish uchun o'g'lim borini berishga tayyor" - deydi Messining onasi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди
АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди
Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!
Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Fikrlar