So’nggi yangiliklar

22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  0 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  0 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:28АПЛ. "Ливерпуль" - "Лидс" ҳамда Лондон дербиси учун асосий таркиблар маълум!  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  8 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  4 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  8 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1 19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  5 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  3 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  6 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4

Messining JCH-2022dagi 6ta futbolkasi aukcionda 10 mln. dollardan ko'proqqa sotilishini kutishyapti Yangiliklar

Messining JCH-2022dagi 6ta futbolkasi aukcionda 10 mln. dollardan ko'proqqa sotilishini kutishyapti

Lionel Messining g'alabali JCHdagi formalari aukcionda sotuvga qo'yiladi.

Nyu-Yorkdagi Sotheby’s aukcionida argentinalik hujumchi 2022 yilgi jahon chempionatida o'ynagan 6 ta futbolka kim oshdi savdosiga qo'yiladi. To'plamda guruh bosqichining ikkita o'yini, 1/8 final, chorak final, yarim final va finalning birinchi yarmidan olingan Messining futbolkalari joy oladi.


Futbolkalar to'plamining yakuniy narxi kamida 10 million dollar (8 million funt) bo'lishi kutilmoqda. Hozirda sport bilan bog'liq eng qimmat buyum Maykl Jordanning 1998 yilgi NBA finalidagi 1-o'yin formasi hisoblanadi. U kimoshdi savdosida 8,1 million funt sterlingga sotilgan edi.


Diego Maradonaning JCH-1986 chorak final libosi anonim xaridorga 7,1 million funt sterlingga tushgan.


“2022 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionati sport tarixidagi eng buyuk voqealardan biri Messining qahramonlik yo'li bilan uzviy bog'liq bo'lib, uning barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi maqomini mustahkamlaydi.


Ushbu oltita futbolkaning sotilishi kim oshdi savdolari tarixidagi monumental voqea bo'lib, muxlislar va kollekcionerlarga Messining karerasini belgilovchi yutug'idan baham ko'rish imkoniyatini beradi. Sotheby’s kompaniyasi futbol mukammalligi chegaralarini qayta belgilagan o'yinchining ajoyib istedodini o'zida mujassam etgan ushbu bebaho kollekciyalarni ommaga taqdim etishni sharaf deb hisoblaydi", - dedi Sotheby’s zamonaviy kollekciyalar bo'limi rahbari Bram Vaxter.


Qayd etilishicha, Messining futbolkalari kollekciyasini sotishdan tushgan mablag'ning bir qismi xayriya ishlariga yo'naltiriladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика