Messiga to'rtinchi "Oltin butsa" topshirildi FOTO
24 noy 2017 18:39
Yangiliklar
Messiga to'rtinchi "Oltin butsa" topshirildi FOTO
Bugun "Barselona" hujumchisi Lionel Messiga "Oltin butsa" topshirildi.
Ushbu sovrin o'z milliy chempionatida ko'p gol urib, eng ko'p ball yig'gan futbolchiga topshiriladi. Kuchli beshlik chempionatlarida har bir gol 2 ochkoga hisoblanadi, 6-21 o'rinlarda joylashgan chempionatlarda urilgan gollar 1,5ga, qolganlari esa 1ga ko'paytiriladi. Ushbu tizimdan 1997 yildan beri foydalanib kelinmoqda.
2016/17 mavsumda "Barselona" hujumchisi 37ta gol urib, sovrin g'olibiga aylandi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlar Bas Dost (68 ball) va Per-Emerik Obameyangga (62 ball) nasib etdi.
Hozirgi kungacha "Oltin to'p" sovrinini eng ko'p yutganlar Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu. Ularning muzeyida 4ta shunday mukofot mavjud.
Fikrlar