Messi va Estoniya termasi haqida
07 iyu 2022 20:01
Yangiliklar
Messi va Estoniya termasi haqida
"So'nggi 2 kunda Messining penta-trigi haqida shu qadar ko'p maqtov o'qidimki, o'sha bahsda Argentinaga raqiblik qilgan estonlar haqida malumot bermasam, o'zimni bir umr kechirolmayman.
1. Estoniya terma jamoasi FIFA reytingida 110-o'rinni band qilib turibdi (Hindiston va Serra-Leonedan keyin). Yani, O'zbekiston terma jamoasidan 27 pog'ona pastga joylashgan.
2. Estoniya termasining to'liq tarkibi 7,93 mln evroga baholangan. Bu O'zbekiston milliy jamoasidan 4 marta arzonroq degani. Yana ham aniqroq aytsak, Eldor SHomurodov bu jamoadan qimmatroq.
3. O'zbekiston chempionatida Estoniya terma jamoasidan qimmatroq 2 ta klub bor ("Paxtakor" va "Navbahor").
4. Estoniya Evropa MLning oxirgi — D ligasida ishtirok etadi (San-Marino, Andorra va Malta bilan).
5. Mazkur jamoa mart oyida Kiprga ham engilgan edi (2:0).
Xullas, Estoniya Madagaskardan ham kuchsizroq jamoa. Ularga qarshi o'yinda Ro'zimboy Ahmedov ham 3-4 ta gol ura oladi. Leoning 5 goli haqida gapirayotganlarning aksari futbolga aql emas, hissiyot bilan qaraydigan fanatlardir", — deyiladi xabarda.
"Futbol analizi"ga obuna bo'ling
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar