So’nggi yangiliklar

20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  2 20:10Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  109 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  10 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  24 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1

Messi va boshqa futbolchilar Sampaoli bilan janjallashgan ekan Yangiliklar

Messi va boshqa futbolchilar Sampaoli bilan janjallashgan ekan

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi va jamoaning boshqa futbolchilari JCH-2018 paytida Xorxe Sampaoli boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan janjallashgan.

Bu haqda argentinalik jurnalist Ariel Senosian o'z kitobida yozgan.

Jurnalistning yozishicha, Xorvatiyaga qarshi JCH-2018 guruh bosqichi uchrashuvidan (0:3) so'ng, futbolchilar Sampaoli va uning ikki yordamchisi bilan uchrashuv uyushtirishgan. 15 daqiqadan kamroq davom etgan uchrashuvda futbolchilar o'z etirozlarini bildirishgan.

"Asabiylashsangiz, futbolchilar buni his qiladi. Siz bizga aytayotganlaringizni tushunmayapmiz. Boshqa sizga ishonmaymiz" - dedi futbolchilar.

Sampaoli quyidagicha javob qaytardi: "Siz o'zingiz shug'ullanib, tarkibni tanlab, qolgan ishlarni ham bajarmoqchimisiz?".

O'sha paytda suhbatga Messi qo'shildi: "Siz mendan kimni tarkibda ko'rishni istashimni o'n marta so'radingiz. Birorta familiyani aytganim yo'q. Bu ishni qilmaganimni hammani oldida gapiring".

Xonada 23 futbolchi va murabbiylardan tashqari Argentina futbol federaciyasi prezidenti Klaudio Tapia ham bor edi va u ham Sampaoliga murojaat qildi: "Taslim bo'laqoling".

Eslatib o'tamiz, Xorvatiyaga qarshi bahsdan so'ng, Nigeriya bilan o'yin uchun tarkibni futbolchilarning o'zlari tanlagani aytildi. Argentinaliklar bu uchrashuvda 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi, biroq 1/8 finalda ular Franciyaga 3:4 hisobida taslim bo'lishdi. JCH-2018dan so'ng Sampaoli milliy jamoa bilan shartnomani bekor qildi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика