So’nggi yangiliklar

13:59Игорь Сергеев "Пахтакор"ни тарк этяпти  4 13:28Баъзида Педри отаси билан бошқа жамоалар футболчилари урган голни нишонлар экан  2 13:09Нурилло Тўхтасинов – "Динамо" футболчиси  2 12:42Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди  9 12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  7 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  3 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  16 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  3 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  4 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  3 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  4 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  14 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  5

Messi: "Saudiyaga qarshi o'yindagi mag'lubiyat bizni o'sishga undadi" Yangiliklar

Messi: "Saudiyaga qarshi o'yindagi mag'lubiyat bizni o'sishga undadi"

Argentina terma jamoasi sardori va o'yinning eng yaxshi futbolchisi Lionel Messi Xorvatiyaga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Kayfiyatim alo darajada. Bugungi o'yin bizga oson bo'lmadi, ancha toliqdik, shunga qaramay, jiddiy o'yin ko'rsatdik. Raqib to'pga ko'proq egalik qilishini yaxshi bilardik, chunki ularda markaziy zonalarda harakat qiluvchi ajoyib o'yinchilar bor, lekin biz ushbu o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik.

Xorvatiya aqlli jamoa, ular har bir vaziyatni uqib oladi. Skaloni aytganidek, biz mashaqqat bilan harakat qilishimiz kerak bo'lganda qanday harakatlanishni va to'pga egalik qilish kerakligini o'z vaqtida payqadik. Bizda juda yaxshi o'yinchilar bor, ular hech qanday shubhaga o'rin qoldirishmadi. Himoyalanish chog'ida umidsizlikka tushmadik, to'pga egalik qilish raqibning kuchli tomoni ekanligini bilgan holda o'yin ko'rsatdik.

Mundialdagi ilk o'yin (Saudiya Arabistoniga qarshi mag'lubiyat) juda kuchli zarba bo'ldi. 36 uchrashuvdan mag'lubiyatsiz seriyamizga barham berildi. Mag'lub bo'lishni kutmagan raqibga qarshi shunday natija bilan boshlash bunday tarkib uchun og'ir botdi. SHunga qaramay, kuchli ekanligimizni ko'rsata oldik, o'yindan-o'yinga yaxshilanib bordik. Uchrashuvlar oson o'tmadi, sababi har bir o'yin finalga teng edi. Biz beshta final o'tkazdik va beshalasida ham g'alaba qozondik. Umid qilamanki, keyingi final ham shunday muvaffaqiyat bilan nihoyasiga etadi... O'zimizga bo'lgan ishonchimiz yuqori, chunki biz tarkibimiz qay darajada ekanligini bilamiz. Saudiyaga qarshi o'yindagi mag'lubiyat bizni o'sishga undadi", dedi Argentina terma jamoasi etakchisi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика