Messi - Ronaldu bilan raqobati haqida: "Bu juda katta jang bo'ldi"
31 okt 2023 21:51
Yangiliklar
Messi - Ronaldu bilan raqobati haqida: "Bu juda katta jang bo'ldi"
Lionel Messi Krishtianu Ronaldu bilan raqobat qilgan yillari haqida gapirdi.
Kecha argentinalik futbolchi faoliyatidagi sakkizinchi "Oltin to'p"iga ega chiqdi. Portugaliyalik hisobida esa 5ta shunday sovrin bor.
"Sport nuqtai nazaridan bu juda katta jang bo'ldi. Biz o'zaro yuqori raqobatni taqdim qila oldik, chunki biz raqobatbardosh futbolchilar bo'ldik. Ikkimiz ham faqatgina g'alabalarni istadik.
Bu faqatgina biz uchun emas, balki, futbolni yoqtiradiganlar uchun ham yoqimli davr bo'ldi. Biz shunday etiroflarga loyiq edik deb hisoblayman.
Bu erga etib kelish oson, ammo qolish qiyin. Biz eng yuqori cho'qqida 10-15 yil davomida bo'ldik. Bu juda ham qiyin.
Barcha uchun bu yorqin xotira bo'lib xizmat qiladi", - dedi Messi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar