Messi Ronaldoni ortda qoldirdi, oldinda faqat Pele bor
31 may 2018 14:08
Yangiliklar
Messi Ronaldoni ortda qoldirdi, oldinda faqat Pele bor
Kecha tongda bo'lib o'tgan o'rtoqlik o'yinida Argentina terma jamoasi Gaitini 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Ana shu uchrashuvda Lionel Messi xet-trik qayd etdi. SHu tariqa, Messi Janubiy Amerika qitasida milliy terma jamoada ko'p gol urish borasida ikkinchi pog'onaga chiqib oldi. Ungacha bu o'rin braziliyalik afsonaviy hujumchi Ronaldoga tegishli edi (62ta gol). Terma jamoada ko'p gol urish borasida Leodan oldinda faqat futbol qiroli Pele turibdi. Tirik afsona hisobida terma jamoada 77ta gol bor.
Janubiy Amerika qitasida terma jamoada eng ko'p gol urganlar:
1. Pele (Braziliya) - 77ta
2. Lionel Messi (Argentina) - 64
3. Ronaldo (Braziliya) - 62
4. Romario (Braziliya) - 55
5. Gabriel Batistuta (Argentina) - 54
6. Neymar (Braziliya) - 53
7. Luis Suares (Urugvay) - 50

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar