So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  35 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

"Messi meni hamisha tushlikka taklif qiladi" Yangiliklar

"Messi meni hamisha tushlikka taklif qiladi"

Lionel Messining AQSHdagi tansoqchisi Yasin CHeuko Leo haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

"Messi meni nafaqat o'zining tansoqchisi, balki do'sti deb ham hisoblaydi. Biz gaplashamiz, kulishamiz va shaxsiyatimizni birgalikda bilishga harakat qilamiz.

U meni hamisha tushlikka taklif qiladi va menga nisbatan yaxshi munosabatda. U "Oltin to'p" yutganida samolyotda qaytayotgan edik va u shunday dedi: "Yasin, "Oltin to'p"ni qo'linga ol". Men uni qo'limga oldim va avvaliga Leo uni qaergadir olib qo'yishimni xohlayotgan bo'lsa kerak deb o'yladim.

Men sovrinni qo'limga olganimda u qallig'i va o'g'liga qarab shunday dedi: "Eng yaxshi tansoqchi uchun "Oltin to'p" sohibi - Yasin".

Bu ajoyib lahza va dunyoning eng yaxshi futbolchisining so'zi edi. Men o'sha lahzani hech qachon unutmayman. O'zimni Messilar oilasining bir qismidek his qilaman va uni nafaqat jismoniy tomonlama, balki ruxiy tomonlama ham himoya qilishga harakat qilaman. CHunki, u menga juda ham ishonadi va men u uchun borimni berishga intilaman. U juda kamtar inson", - dedi Yasin.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика