Messi jarima zarbasidan urilgan gollar soni bo'yicha Peleni ortda qoldirdi
23 mar 01:06
Yangiliklar
Messi jarima zarbasidan urilgan gollar soni bo'yicha Peleni ortda qoldirdi
Juninoning rekordigacha 6 ta gol qoldi, Ronaldu hisobida 64 ta gol bor.
Messi jarima zarbalaridan urilgan gollar bo'yicha Peledan o'zib ketdi. "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi MLS doirasidagi "Nyu-York Siti"ga qarshi o'yinda (3:2) jarima zarbasidan to'g'ridan-to'g'ri gol urdi.
Argentinalik o'z faoliyati davomida jarima zarbalaridan jami 71 ta gol urib, bu ko'rsatkich bo'yicha Peleni (70) ortda qoldirdi va ikkinchi o'ringa ko'tarildi.
Bu boradagi rekordchi 77 ta gol urgan Junino Pernambukano hisoblanadi.
"Al Nassr" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu hisobida jarima zarbalaridan kiritilgan 64 ta gol bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЛаЛига. Араухонинг голи "Барселона"га уч очко келтирди
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Англия Лига кубоги. "Манчестер Сити" "Арсенал"ни мағлуб этди, Ҳусанов Англиядаги илк совринини ютди!
Fikrlar