Messi Inestani ortda qoldirdi
31 mar 2019 07:40
Yangiliklar
Messi Inestani ortda qoldirdi
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi La Liganing 29-turida “Espanol”ga (2:0) qarshi bahsda maydonga tushib, jamoasining g'alabasiga munosib hissa qo'shdi.
«Mundo Deportivo»ning xabaria ko'ra, ushbu bellashuv argentinalik futbolchining Kataloniya klubi safida o'tkazgan 675-uchrashuvi bo'ldi. Bu bilan Leo “Barsa”ning sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta (674) ortda qoldirib, boshqa bir yarim himoyachi Xavi (767)ni taqib etishda davom etmoqda.
“Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblangan Messi 2003 yildan buyon jamoa asosiy tarkibida maydonga tushib kelmoqda. U ko'k-anorranglilar safida 30 dan ortiq sovrinlarni qo'lga kiritgan. Ular orasida to'rtta CHempionlar ligasi, 9 ta Ispaniya chempionligi va oltita Ispaniya kubogi bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar