Messi 2006 yildan so'ng CHLning bir uchrashuvida ikki posbonga gol urgan birinchi futbolchi
20 okt 2016 14:45
Yangiliklar
Messi 2006 yildan so'ng CHLning bir uchrashuvida ikki posbonga gol urgan birinchi futbolchi
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Manchester Siti"ga qarshi CHempionlar ligasi guruh bosqichi 3-tur uchrashuvida xet-trik qayd etishga muvaffaq bo'ldi.
Ushbu bahsning 53-daqiqasida "shaharliklar" posboni qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Messi zaxiradan maydonga tushgan Villi Kabalero darvozasiga ham gol urishga muvaffaq bo'ldi.
SHunday qilib, Messi 2006 yildan so'ng CHempionlar ligasining bir uchrashuvida ikki posbonga gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Avvalgi shunday natija sobiq futbolchi Rud van Nisterloyga tegishli. Gollandiyalik 2006 yilning 26 sentyabrida Kievning "Dinamo"siga qarshi kechgan CHLning birinchi tur bahsida posbonlar Aleksandr SHovkovskiy va Aleksandr Ribka darvozasiga gol urishga muvvafaq bo'lgan. SHovkovskiy 68-daqiqada chetlatilgan edi.
Fikrlar