So’nggi yangiliklar

17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  0 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  0 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  1 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  2 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  5 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  37

Menga Obameyangni keltiring! Yangiliklar

Menga Obameyangni keltiring!

Londonning "CHelsi" klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa hujum chizig'idagi etishmovchilikni "Barselona" yulduzi Per-Emerik Obameyang hisobiga to'ldirish niyatida.

 "Ko'klar" "Arsenal" sobiq sardorini "Borussiya" Dortmundning sobiq murabbiyi bilan yana birlashtirish uchun taklif bilan chiqishga tayyor.

"CHelsi" hozirgi paytda Kataloniya klubini qamrab olgan moliyaviy muammolardan foydalanish uchun klub hujumchisi Obameyangni tarkibga jalb qilmoqchi. "CHelsi" va "Barselona" o'rtasida muzokaralar boshlandi va keyingi 48 soat ichida muzokaralar davom etadi. Klub rasmiy taklif bilan chiqish arafasida turibdi. Ushbu haftadagi muzokaralar "Barselona"ning futbolchini sotishga qanchalik tayyor ekaniga oydinlik kiritadi.

Obameyang ushbu yozgi transferlar oynasida "Borussiya" Dortmunddan 42,5 mln evroga xarid qilganidan so'ng "Nou Kamp" rahbarlari uni sotish istagida ekanidan xabari yo'q edi, deb taxmin qilinmoqda. Obameyang va klubning ayni paytdagi bosh murabbiyi Tomas Tuxel o'rtasidagi aloqalar ilgari ular birga ishlagan Dortmund klubidan yaxshi ekani barchaga malum. "Arsenal"ning sobiq forvardi Tuxel qo'l ostida "Borussiya" tarkibida 2 mavsum o'ynadi. Qiziq jihati shundaki, Obameyang Germaniyada o'ynagan vaqtida berilgan 17-raqam yaqinda Kataloniya klubida ham futbolchiga berildi va bu uning jamoada saqlab qolishmoqchi ekanining belgisi, deya xabar qilindi.

Darhaqiqat, Obameyang yanvar oyida "Emireyts"ni tark etib, jamoaga kelib qo'shilganidan juda mamnun va u umuman ketishga intilayotgani yo'q. Uning SHimoliy Londondan ketishi keskin bo'ldi va 33 yoshli futbolchi "CHelsi"ga o'tadigan bo'lsa, "Arsenal"ga raqib sifatida o'ynashiga to'g'ri keladi. "CHelsi" rekord darajadagi 97,5 mln evro evaziga shartnoma imzolagan Romelu Lukakuni bir mavsumga "Milan"ga ijara asosida qaytarib yuborganidan so'ng Timo Vernerning "Leypcig"ga qaytgani tufayli "CHelsi" bu yozda hujumchilarga muxtoj bo'lib qoldi. "CHelsi"ning hozirgi egasi Todd Boeli yozgi transferlar chog'ida jamoani kuchaytirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyor.

Ayni paytda "Lester" o'zining yulduz himoyachisini sotishni istamaganiga qaramay, "CHelsi" Uesli Fofana uchun uchinchi taklifni ko'rib chiqmoqda. "Ko'klar"ning ikkinchi taklifi taxminan 65 mln funtga baholangan edi. "Lester" tomonining takidlashicha, 21 yoshli futbolchi sotilmaydi, biroq klub himoyachi uchun rekord narx – 80 mln funtdan ko'proq taklif tushgan taqdirda bu borada yakuniy qaror qabul qiladi. "Lester" Fofana ular bilan uzoq muddat birga bo'la olmasligini yaxshi biladi. Ammo ular futbolchini yana bir mavsum jamoada o'ynatishmoqchi. Fofana "CHelsi"ning taklifidan mamnun va yozdayoq klubini almashtirishga harakat qilmoqda. "Lester" jamoa bosh murabbiyi Brendan Rojersning har qanday moliyaviy rejasini amalga oshirish uchun futbolchilarni sotishiga to'g'ri keladi. Ularning keyingi hisobotlari katta kamchiliklarni chiqarib berishi kerak. 

"Lester" "Nyukasl"ning hujumkor yarim himoyachi Jeyms Meddison uchun berilgan ikki taklifini ham rad etdi. Ular shartnoma muddati oxirgi yilga kelib qolgan Yuri Tilemansni ham sotishga tayyor. "Nyukasl" narxi 60 mln bo'lgan vinger Harvi Barns haqida ham so'ragan.

"CHelsi" "Sevilya”dan "Barselona"ga o'tgan Jyul Kundeni qo'lga kirita olmaganidan so'ng PSJ himoyachisi Presnel Kimpembeni o'ziniki qila olmadi va Fofanaga murojaat qildi.

Mansurbek Nematov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика