So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  1 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  1 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  9 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  85 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

"Menga "Liverpul"dan ko'ra "Yunayted" ko'proq yoqadi". Timo Vernerning fikri 2 yilda qanchalik tarzda o'zgardi? Yangiliklar

"Menga "Liverpul"dan ko'ra "Yunayted" ko'proq yoqadi". Timo Vernerning fikri 2 yilda qanchalik tarzda o'zgardi?

Timo Verner ismi Britaniya matbuotida 2 yil oldin paydo bo'lgandi.

2017/18 yilgi mavsumda yosh hujumchi ajoyib natija qayd etgandi: 45 o'yinda 21 gol va 10 assist. Aynan o'shanda uning APLga ko'chib o'tishi borasida malumotlar tarqadi.

O'shanda aynan "Liverpul" va "Manchester Yunayted" futbolchi bilan bog'langandi. Biroq Vernerning oldida o'ylash uchun ko'p vaqt talab qilinmagani uchun transfer amalga oshmagandi.

2018 yilning mart oyi: "Premer-ligada o'ynash - orzuim. Liganing 2 yoki 3 klubida o'ynashni istayman, "Manchester Yunayted" ham shular jumlasidan. Biroq yaqin 2-3 yilda emas, undan keyin Angliya futbolida kamol topaman!.

"Manchester Yunayted" va "Liverpul" Angliya futbolida men eng ko'p kuzatadigan klublardir. Ularning o'yinlariga muxlisman va buyuk tarixga ega klublarni qattiq hurmat qilaman. Ser Aleks davrida "Yunayted" katta natijalarga erisha olgandi.

"Liverpul" stadionidagi atmosfera boshqa birorta joyda yo'q. Agarda tanlash kerak bo'lsa, "Liverpul"dan ko'ra "Yunayted" ko'proq yoqadi"

Yarim yil oldin Verner o'ynayotgan "Leypcig" ECHLda "Tottenxem"ga qarshi kurash olib bordi. O'z maydonida kechgan o'yinda Verner penaltidan gol urdi va jamoasiga g'alaba keltirdi.

O'yindan keyingi intervyusida Verner Premer-liga baribir boshqacha bo'lishini aytdi.

2020 yilning fevral oyi: "Yurgen Klopp - dunyodagi eng yaxshi murabbiy. Balki menga mos tushadigan o'yin aynan o'sha erdadir. "Liverpul" hozirda dunyoning eng kuchli jamoasi ekanligini bilaman. Bunday klubning nomini eshitsang, eting jimirlab ketadi.

Bu juda yoqimli, "Liverpul" tarkibida ajoyib futbolchilar juda ko'p. Ularning darajasida o'ynash uchun hali juda ko'p ishlashim kerak".

Kayfiyatning bunday o'zgarishiga albatta faktlar etarlicha: 2 yil oldin "Liverpul" rivojlanish davrida edi, hozir esa "Yunayted"ga biroz og'ir bo'lmoqda.

Oradan bir oy o'tib, fikrlar yana o'zgardi.

2020 yilning mart oyi: "Ayni damda futbolda doimo ikki xil variant bo'ladi. Birinchi navbatda barcha futbolchilar "Liverpul" yoki "Manchester Siti" kabi klublarning bir qismi bo'lishga intilmoqda. Ularning tarkibi va murabbiylari ajoyib.

Ikkinchi variant esa, shunday holatdagi jamoalar bo'ladiki, har bir futbolchiga barchasi og'ir bo'ladi. Men shunday jamoaning bir qismi bo'la olamanmi? Aslida bu ham etibor qaratish kerak bo'lgan bir vaziyat.

Yana bir variant - shunday jamoalar borki, katta sovrinlarga ega chiqqaridan keyin yuqori raqobatga chiday olmayotganidan katta tanaffusga chiqqan klublar. "Manchester Yunayted" hozirda shular jumlasidan".

Hozir aprel, OAVning malumotlariga ko'ra, Timo "Liverpul"ga o'tishga tayyorlanmoqda. Balki navbatdagi intervyuda barchasi o'zgarib qolar, nima dedingiz?

Mirjalol Normatov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика