Mendeta Ispaniya haqida: "Menga bu jamoaning xarakteri, ruhi, o'yinchilarning qilayotgan ishlariga ishonchlari yoqmoqda"
29 iyu 2021 09:24
Yangiliklar
Mendeta Ispaniya haqida: "Menga bu jamoaning xarakteri, ruhi, o'yinchilarning qilayotgan ishlariga ishonchlari yoqmoqda"
Ispaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Gaiska Mendeta Evro-2020 1/8 final doirasidagi Xorvatiya (5:3)ga qarshi o'yin haqida gapirdi.
"Qanday aqlbovar qilmas o'yin! Men Ispaniyaning g'alabasidan juda ham mamnunman. Menga bu jamoaning xarakteri, ruhi, o'yinchilarning qilayotgan ishlariga ishonchlari yoqmoqda.
Menga ularning zarbadan qanday chiqib keta olganliklari va turnir davomida, jumladan bugun ham yuzaga kelgan barcha qiyinchilikarni qanday engib o'tganliklari yoqdi.
Luis Enrikening almashtirishlari ham ajoyib. Olmo bugun yaxshi o'yin ko'rsatdi, ammo Enrikega qoyil, sababi hozirgacha erishilgan yutuqlarda jamoaning barcha azolari ishtirok etishdi" - deydi Mendeta.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar