So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  58 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  1 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

"Men qopdagi mushuk emasman, men "Special One" - Mourino o'zini nima uchun bunday deb atashini aytdi Yangiliklar

"Men qopdagi mushuk emasman, men "Special One" - Mourino o'zini nima uchun bunday deb atashini aytdi

Teglar :  Joze Mourino
Ko'pgina mashhur jamoalarning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino o'zining xarakteri hamda MYUdagi faoliyati haqida gapirdi.

- Nima uchun sizning maydondagi va hayotdagi hususiyatlaringiz bir-biridan farq qiladi?
- Balki, bu mening xatoim. Men juda yopiq insonman. Ishlayotgan vaqtim yolg'izlikni istayman. Umuman olganda futbol murabbiyi - yolg'iz inson. U har doim o'z fikrlari, hayollari va sezgilari bilan bir o'zi qoladi. Ha, uning yonida doimo yordamchilari,murabbiylar shtabi yordam beradi. Biroq kerakli qarorlarni bosh murabbiyning o'zi chiqaradi va qabul qiladi.

Balki yopiq insonligim mening aybimdir. CHunki odamlar faqatgina 90 daqiqani ko'rish uchun kelishadi. CHunki men kameraning oldida ham o'zimni tuta bilishim kerak. Ko'chada meni ko'rib qoladigan insonlar: "Siz juda yosh ko'rinar ekansiz. Men sizni yanada ozg'inroq yoki semizroq, bo'yi balandroq yoki pastroq deb tasavvur qilgandim", deyishadi. Telekameralar esa doimo umumiy holatni o'zgartirib ko'rsatadi.

Men qanday bo'lsam shunday insonman. Men o'ynamayapman. Men o'ynayotganlarning o'yinlarini ko'rib turaman. Barchasi tabiiy. Men gollarni nishonlamasam, bo'layotgan hodisalardan mamnun ekanligimni bildiradi. Agarda suvni otib yuborib, yoki tepsam... Barchasini o'zingiz ko'rdingiz. Agarda tabassum qilishga majbur etadigan holat bo'lsa, albatta tabassum qilaman. Menga bu yoqadi.

- Siz MYUda 2016 yilda ish boshlagansiz va 2019 yilgacha tanqidlar ostida qoldingiz.
- O'sha paytlarda MYU uchun oson davr emasdi. Biz Evropa ligasi sovrinini qo'lga kiritdik. Ammo bunga odamlarning munosabati boshqacha bo'ldi.CHempionatni ikkinchi o'rinda yakunlaganimizda, bu men uchun katta yutuq kabi ko'rindi va men o'zimga: "Yaxshi ishlyapsan, yanada ko'proq kuchingni ishlatib, xizmatingga yarashasini olishing kerak. Bu esa juda kam", - degandim.

Agarda keyingi jamoamda ish boshlasam, klubning loyihasi juda ulkan bo'ladi va o'shanda men matbuot anjumaniga tabassum-la kirib borishga vada beraman. Hozirda faqatgina shuni vada qila olaman.

- Nima uchun o'zingizni "o'zgacha" deb ataysiz?
- "CHelsi"da ish boshlaganimdagi ilk matbuot anjumanimda menga qarata: "APLda ishlashga tayyormisiz?" deb savol berishgandi. Men o'shanda ichimda: "Nimaaa? Men hozirgina ECHLni yutdim. Sen hali meni hech kim sifatida ko'ryapsanmi?", deb hayol qildim.

O'zimni bo'shashtirdim va: men qopdagi mushuk emasman (iboraning original varianti «not one from the bottle», yani, "hech kim shisha idishdan tushmagan"), men "o'zgacha" ("Special One")man. Keyin "BAM". Barcha menga yopishi oldi. Muammo yo'q.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика