So’nggi yangiliklar

12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  2 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  3 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  0 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  0 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   11 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3 07:52Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз ЖЧ йўлланмасини қўлга киритишлари мумкин  8 05:53Ироқ чемпионати. Темировнинг бенефисига айланиб кетган баҳсда "Арбил" навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  11 01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  5 00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  6 00:31Левандовски нега "Барселона"га ўтганини айтди  8

"Men futbolchilarga ko'p bor aytganman: "Sizlarni butun mintaqa, butun Surxondaryo qo'llab-quvvatlaydi" - Stanislav Kurdyashov bilan katta intervyu Yangiliklar

"Men futbolchilarga ko'p bor aytganman: "Sizlarni butun mintaqa, butun Surxondaryo qo'llab-quvvatlaydi" - Stanislav Kurdyashov bilan katta intervyu

"Surxon" bosh murabbiyi Stanislav Kudryashov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Stanislav Petrovich, assalomu alaykum! Yangi yilning boshlanishi haqida so'ramoqchi edik. Jamoada ishlar qanday ketmoqda?

— Assalomu alaykum. Avvalo, yurtimiz aholisini o'tib ketgan Yangi yil bayrami bilan tabriklamoqchiman. Barchaga baxt, sog'lik va eng ezgu tilaklarni tilayman. “Surxon”ga kelsak, jamoa 4-yanvar kuni Toshkentda yig'inlarni boshladi, 14-yanvar kuni esa o'quv-mashg'ulot yig'ini uchun Turkiyaga jo'nab ketdik. Bizda istiqbolli jamoa shakllandi

— Shu yildan boshlab siz rasman jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandingiz. Bosh murabbiy va yordamchi murabbiy ishi o'rtasidagi farq nimada?

— Shuni aytmoqchimanki, biz doimo birga ishlaganmiz. Kim bo'lishingizdan qati nazar — bosh murabbiy, futbolchi yoki oddiy xodim — barchamiz bir jamoamiz. Har bir inson jamoa manfaatlari yo'lida foyda keltirishi mumkin. Shu sababli ishda katta farq bor deb ayta olmayman. Ammo bosh murabbiy lavozimi juda masuliyatli ekanini alohida takidlayman. “Surxon”ga foyda keltirish uchun bor kuchimni ishga solaman. Muxlislar bu jamoani sevishini va doimo qo'llab-quvvatlashini bilaman. Tan olish kerak, bosh murabbiy oldidagi asosiy vazifa — jamoani yaxshi boshqarib va muxlislarini xursand qilsin

— Murabbiylar shtabini bir nechta mutaxassislar, jumladan Fevzi Davletov tark etdi. Murabbiylar shtabini yangilash ishlari qanday olib borildi?

— O'tgan mavsumda “Surxon”da ishlagan barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bular — Fevzi Davletov, Aleksey Nikolaev va Valeriy Karpenko. Fevzi Davletovga Superliga klubidan yaxshi taklif tushdi va u jamoani tark etish istagini bildirdi. Ular o'z ishining ustalari, ular bilan ishlash juda yoqimli edi. Murabbiylar shtabini yangilash masalasiga kelsak, biz puxta ish olib bordik va yoshlar bilan samarali ishlay oladigan tajribali mutaxassislarni jalb etdik. Masalan, avvalgi mashhur futbolchi Akmal Shorahmedovni ko'pchilik yaxshi biladi — u yoshlar bilan ishlashda, shuningdek futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirishda yordam beradi. Shuningdek, malakali murabbiylar Doniyor Usmonov hamda Sulayman Axmedkarimov ham murabbiylar shtabida joy olishdi

— Ushbu yig'inda qanday vazifalar qo'yilgan?

— Aslida mavsumoldi yig'inlaridagi maqsad va vazifalar doim o'xshash bo'ladi — bu futbolchilarni mavsumga tayyorlash. Bunda ham jismoniy, ham taktik tayyorgarlik muhim. Futbolchilarning chidamliligi va texnikasi ustida ishlaymiz, u yoki bu sababga ko'ra o'yin amaliyotidan chetda qolgan futbolchilarni tekshirib ko'ramiz, shuningdek yosh futbolchilarga imkoniyat beramiz. Bilasiz, “Surxon” doimo yosh va istiqbolli futbolchilarga tayanadi. Oldinda uzoq mavsum bor, shu sababli yig'inlarda samarali ishlash juda muhim

Bundan tashqari, xorijiy klublarga qarshi bir qator o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazamiz, bu esa barcha futbolchilarni amalda sinab ko'rish imkonini beradi

— Jamoaga bir nechta futbolchilar qo'shildi. Yangi futbolchilar haqida biroz to'xtalsangiz?

— Dekabr va yanvar oylarida selekciya ishlari bilan shug'ullandik. Tarkibni ayrim poziciyalar bo'yicha aniq kuchaytirish vazifasini qo'ydik. Masalan, tayanch zonaga “Surxon” o'yin uslubiga mos keladigan gruziyalik legioner Tornike Dzebniaurini taklif qildik. Jamoaga, shuningdek, iqtidorli vinger Sunatilla Abdullajonov va yosh hujumchi Farrux Qodirov qo'shildi. Keyin, hujumchi poziciyaga legioner hujumchi olishga qaror qildik va tarkibimizga nigeriyalik Stiven Chinedu ham qo'shildi

Shuningdek, mavsum oldidan Dilshod Yo'ldoshev jarohat oldi va biz darvozabon izlash uchun transfer bozoriga chiqishga majbur bo'ldik. Bu poziciyani ham iqtidorli darvozabon Otabek Boymurodovning transferi orqali yopdik.

— Yana transferlar bo'ladimi?

— Ishonch bilan ayta olamanki, selekciya yo'nalishida ishlar davom etmoqda. Umuman olganda, tarkib yaxshi shakllantirilgan, ammo shunday ibora bor: “Hech qachon hech qachon dema”. Balki Turkiyadagi yig'ini davomida ko'rik uchun yangi futbolchilar kelib qolishi mumkin

— 2026 yilgi mavsumda jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilgan?

— Bu haqda bir necha bor aytganmiz: “Surxon” — yoshlarni rivojlantirishga qaratilgan loyiha. Biz aynan shu yo'nalishda ishlamoqdamiz, chunki kelajak yulduzlari va Milliy terma jamoa futbolchilari aynan istiqbolli futbolchilardan etishib chiqadi. Murabbiy sifatida, jamoamdagi futbolchilar terma jamoaga chaqiruv olsa, bundan faqat xursand bo'laman

Shuni alohida takidlashni istardimki, har bir uchrashuvda, raqibdan qatiy nazar, biz faqat g'alaba va 3 ochko uchun o'ynaymiz. Va juda muhim jihat — murabbiylik faoliyatim davomida men har doim futbolchilarga hujumkor futbol uslubini singdirishga harakat qilganman. Menimcha, bu juda muhim. Jamoa hujumkor uslubda o'ynasa, unda har jihatdan muvozanat bo'ladi

— Yaqinda rasmiy telegram-kanalimizda Islombek Ismoilovning siz haqingizdagi iqtibosi elon qilindi. Unda u sizdan ko'p narsani o'rganganini takidlagan

— Ha, Islombek murabbiylik faoliyatini endi boshlagan paytda menga yordam bergan. U haqida haqiqatan ham “futbol odami” deb aytish mumkin. Albatta, u o'z yoshiga qaramasdan yaxshi natijalarga erishdi. Agar O'zbekistonda shunday mutaxassislar, “yosh Nagelsmannlar” ko'paysa, bu o'zbek futboli uchun faqat foyda bo'ladi

— Futboldan bo'sh vaqtlaringizda odatda nimalar bilan shug'ullanasiz?

— To'g'risini aytsam, vaqtimning deyarli barchasini futbol egallaydi (kuladi). Mashg'ulotlardan oldin ish rejasini tuzamiz, ertalab butun murabbiylar shtabi bilan yig'ilamiz. Mashg'ulotdan so'ng esa o'tgan kunni tahlil qilamiz, futbolchilarning rivoji ustida ishlaymiz. Chunki futbol — bu faqat 90 daqiqalik o'yin emas. Futbol — bu mashg'ulotlarda mehnat va o'z ustida ishlashni talab qiladigan katta jarayon

— Futbol yo'lini endigina boshlayotgan yosh futbolchilarga qanday maslahat berardingiz?

— Mehnat qilish, mehnat qilish va yana mehnat qilish. Albatta, o'z ustingda ishlash juda muhim. To'g'ri ovqatlanish, kun tartibiga rioya qilish, vaqtida uxlash kerak. Nozik jihatlar ko'p, ammo eng asosiy va ravshani — bu mehnat va o'z ustingda ishlash. Futbol sizga zavq bag'ishlashi kerak. Agar siz o'zingiz ustingizda ishlasangiz, ishoning, albatta yaxshi natijalarni ko'rasiz va barchasi o'xshayotganidan faqat xursand bo'lasiz

— Superliga jamoalari yoki Evropa chempionatlarini kuzatib borasizmi?

— Ha, Superligadagi boshqa jamoalarni kuzatmaslikning iloji yo'q. Umuman olganda, so'nggi yillarda chempionat darajasi ancha oshdi. Intensivlik va jamoalar o'rtasidagi kurash ko'paydi. O'zbek ligasiga xorijda ham qiziqish ortmoqda. Chempionlik uchun qanday kurash ketayotganiga bir qarang — raqobat juda kuchli. Har bir raqib g'alaba uchun kurashadi va hatto favoritdan ham ochko olib qo'yishi mumkin

Albatta, Evropa ligalarini ham tomosha qilaman. Xususan, Unai Emeri “Aston Villa”da namoyish etayotgan futbol menga yoqadi. Pep Gvardiolaning hujumkor tizimini ham unutib bo'lmaydi — “Manchester Siti”ning o'yinlarini tomosha qilish juda qiziqarli. Albatta, PSJni ham alohida takidlash kerak. Ispaniya Superkubogini, yani mashhur “El-Klasiko”ni tomosha qildim — juda sifatli futbol bo'ldi. Bu — o'zbek futbolchilari intilishi kerak bo'lgan daraja

— Agar sir bo'lmasa, “El-Klasiko”da kimga muxlislik qildingiz?

— Men ko'proq neytral muxlisman. Asosan jamoalarning taktikasi va futbolchilarning hujumkor sxemalarini kuzataman. Ushbu uchrashuvni tomosha qilishdan katta zavq oldim. Shunchaki aytishim mumkinki, kecha “Barselona” kuchliroq edi

BLIC-SAVOLLAR:

— Jamoangizdagi eng kitobxon futbolchi kim?
— Dostonbek Tursunov va Humoyun Sherbutaev. Ularni ko'pincha kitob o'qib o'tirgan holda uchratish mumkin.

— Jamoangizdagi eng quvnoq futbolchi kim?
— Nodirxon Nematxonov. Biz hatto unga “Garri” degan laqab ham qo'yganmiz. Uning hazillari sabab jamoamizda muhit juda yaxshi

— Jamoangizdagi eng jiddiy futbolchi kim?
— Eng jiddiy futbolchilarimiz — sardorlar. Behzod Shamsiev va Jamaldin Xodjaniyazov. Ular maydonda ham, maydon tashqarisida ham o'z ishining professionallari. Shuningdek, Behruz Shaydulovni ham alohida takidlayman — menimcha, u kelajakda jamoa sardori bo'lishga munosib

— “Surxon”ni bir so'z bilan tasvirlab bering?
— Bir so'z bilanmi? Oila

— Krishtianu Ronaldu yoki Leo Messi?
— Ikkalasi ham zo'r

— Eldor Shomurodov yoki Abduqodir Xusanov?
— Bu erda ham ikkisi ham iqtidorli futbolchi. Ammo Shomurodov surxondaryolik bo'lgani uchun uni tanlayman

— Bu yil muxlislarga tilaklaringiz?
— Sog' bo'ling, baxtli bo'ling va “Surxon”ga muxlislik qiling!

— Yozda Milliy terma jamoamiz ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi. Terma jamoamizdan nimalarni kutmoqdasiz?
— Albatta, terma jamoamiz mundialga yo'l olganidan juda xursandman. Shubhasiz, mamlakatimizda futbolga katta etibor qaratilmoqda. Fabio Kannavaroga omad tilayman, murabbiy sifatida uning zimmasidagi masuliyat qanchalik katta ekanini yaxshi tushunaman. Shu bilan birga, futbolchilarimiz o'zlarini munosib tarzda namoyon etishlarini kutyapman. Bizda terma jamoa tarixidagi eng iqtidorli tarkiblardan biri jamlangan

— “Surxon” mavzusiga qaytsak: ko'plab muxlislar Surxondaryo viloyatida yoshlar rivoji borasida xavotir bildirishmoqda. Bu yo'nalishda ishlar qanday olib borilmoqda?
— Men futbolchilarga ko'p bor aytganman: “Sizlarni butun mintaqa, butun Surxondaryo qo'llab-quvvatlaydi”. Tarixan Surxondaryoda ko'plab iqtidorli futbolchilar etishib chiqqan. Biz hozir ham aynan shu yo'nalishda ishlayapmiz. Yaqinda klub Akademiyasi rasman ochildi va uning direktori etib Orif Onorov tayinlandi. Orifni yaxshi bilgan holda ayta olamanki, Akademiya ishonchli qo'llarda va yaqin kelajakda uning tarbiyalanuvchilarini asosiy jamoa safida ko'ramiz

Hozir ham bu borada ishlar davom etmoqda. U19 jamoasining bir qator futbolchilari U21 tarkibiga o'tkazildi va biz ular faoliyatini kuzatishda davom etyapmiz. Surxondaryo yoshlari bosqichma-bosqich asosiy jamoada imkoniyatga ega bo'lishiga ishonamiz

— Murabbiylar shtabi haqida gaplashdik. Klub rivojiga yana kimlar katta hissa qo'shmoqda?
— Albatta, bu — klub prezidenti Azamat Guseynovich Husainov. U 24/7 “Surxon” manfaatlari yo'lida ishlaydi, mashg'ulotlar uchun yaxshi sharoitlar yaratdi, shuningdek Turkiyadagi yig'inlarni ham tashkil etdi. Bu inson futbol bilan yashaydi va “Surxon” uchun butun qalbi bilan qayg'uradi

Shuningdek, klubga yordam berib kelayotgan Ravshan Salimovich Rajabovning hissasini ham alohida takidlagan bo'lardim. Albatta, texnik direktorimiz Nuraly Nurullaevni ham eslab o'tish kerak. Yaqinda uning sog'lig'i bilan bog'liq muammolar bo'ldi, jarrohlik amaliyoti o'tkazildi. Shu munosabat bilan unga mustahkam sog'lik tilayman. Klub bosh direktori Akmal Xusanbaevning ham hissasi katta

Umuman olganda, “Surxon” — bu katta oila. Va har bir xodim men uchun muhim

Reyting:    

Fikrlar

   
17 jan 11:16:03
Жалоладдин Мухаммадович✈
TEMUR foydalanuvchining fikriga javob berish
Qizilqumda oʻynaganmi bu
ЭНГ кўп ўйнаган жамоас Трактор кейин Нефтчи Навбахор
   
16 jan 23:47:24
TEMUR
Qizilqumda oʻynaganmi bu
   
16 jan 23:45:57
Lochinlar UZ
Сарлавхада фамилия хато ёзилган! Курдяшов деб
   
16 jan 23:05:37
Farxod Sadullayev
Один каерда ишлаган экан
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика