So’nggi yangiliklar

09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  0 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчилар билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  2 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  0 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  3 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  12 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  13 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  5 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  15 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  4

"Men bilgan futbol endi yo'q" - Kloze Yangiliklar

"Men bilgan futbol endi yo'q" - Kloze

Germaniyalik o'tmishdagi lahzalarni esladi.

"Lacio" va "Bavariya" sobiq futbolchisi Miroslav Kloze o'tmishdagi futbolni hozirgisi bilan solishtirdi.

"Bugungi kunda yosh futbolchilar har xil narsalar haqida o'ylashadi. Bolaligimda men har doim yaxshi ko'radigan ushbu sport turim bilan shug'ullanish va biror narsaga erishish haqida o'ylardim. "Lacio"da ham, terma jamoada ham har bir mashg'ulotdan so'ng jarohatlanmaslik uchun muz to'la vannaga tushardim. Ammo jamoadagi yosh futbolchilar tizimli ravishda buni rad etishardi.

Mashg'ulot oxirida to'plarni maxsus qopiga solayotganimda, ular menga "Sizga buni qilishni kim aytdi?", deyishardi. SHu o'rinda men: "Sen 20 yoshdasan, nahotki, 60 yoshli ishchiga yordam bera olmaysan?", deb aytardim. Ular ko'proq butsalari paypoqlariga mos kelish-klmasligi haqida bosh qotirishardi. SHuning uchun men o'zimga o'zim "to'xta" dedim. Men bilgan futbol endi yo'q.

Hozirgi yosh futbolchilar birinchi navbatda mashinalar, homiylar bilan tuziladigan shartnomalar va yangi butsalar haqida o'ylashadi. Futbol bularning barchasidan keyin turadi. Ular uchun imij – eng muhim narsa. Lekin men uchun eng sof ko'rinishdagi futbol muhim edi", – dedi germaniyalik sobiq futbolchi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика