So’nggi yangiliklar

14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  0 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  0 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  2 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  3 11:32Авазбек Ўлмасалиев: "Миллий терма жамоага илк маротаба чақирилганимдан хурсандман"  1 11:16"Тоттенхэм" Мэддисон ўрнига бошқа футболчи топди  1 10:51Бруно Фернандеш "Ал-Иттиҳод" билан яширин учрашув ўтказди. Футболчи йиллик истагини маълум қилган  8 10:20"Барселона" ёзда сотиб олган футболчини Туркия клубига ижарага бермоқчи  1 09:48Флик "Барселона"нинг "Леванте"га қарши ўйинига муносабат билдирди  11 09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  2 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  1

Meksika 10 daqiqa ichida Xorvatiyani yanchib tashladi Yangiliklar

Meksika 10 daqiqa ichida Xorvatiyani yanchib tashladi

Jahon chempionati "A" guruhidagi so'nggi turning markaziy o'yini bo'lib o'tdi.

Xorvatiya hamda Meksika o'rtasida kechgan bellashuv keyingi bosqichga yo'l oladigan jamoa nomini anliqlab berishi kerak edi.

O'yin oldidan Meksikadan to'rt, Xorvatiyada uch ochko mavjud edi. Evropaliklarni faqat va faqat g'alaba qanoatlantirsa, Meksika jamoasini durang natijasi ham keyingi bosqichga olib chiqardi.

Uchrashuvni har ikkala jamoa azolari ancha ehtiyotkorlik bilan boshlashdi. Birinchi bo'limda Meksika ikki bor golli vaziyat sodir etdi. Birinchisida Peralta qulay imkoniyatdan foydalana olmagan bo'lsa, yana bir vaziyatda Xerrera o'zining kuchli zarbasi bilan raqib darvozasini ishg'ol etmoqchi bo'ldi.

Xorvatiyaning hujumlari u qadar keskinlik keltirib chiqarmadi. Asosan meksikalik himoyachilarning ishonchli harakati evaziga ko'plab hujumlar bartaraf etildi. 


Ikkinchi bo'lim ham katta shov-shuvsiz boshlandi.

Lekin o'yinning 65-daqiqasiga kelib, bahsli vaziyat yuzaga keldi. Meksika jamoasi futbolchisi Guardadoning darvozaga yo'llagan zarbasini Srna o'zil bilmagan holda qo'llari bilan qaytarib yubordi. Lekin Ravshan Ermatov bu vaziyatda penalti belgilamadi va meksikalik futbolchilarning etiroziga sabab bo'ldi. Aynan ushbu vaziyatdan keyin Meksika jamoasi yanada katta kuch bilan oldinga qarab intildi.

Uchrashuvning 72-daqiqasida Meksika sardori havodan kelgan to'pni boshi bilan Pletikosa darvozasiga kiritib, o'yindagi hisobni ochishga erishdi, 0:1.

Bundan voqealar rivojini kutmagan xorvatlar tezda hujumga o'tishdi. Bu orada meksikaliklar raqiblarini qarshi hujumda ushlashdi. CHicharito-Peralta-CHicharito kombinaciyasini Guardado gol bilan yakunladi, 0:2.

Gollardan ruhlangan Meksika jamoasi hujum qilishni to'xtatmadi. 82-daqiqa tinib-tinchimas CHicharito Pletikosa darvozasiga nabatdagi golni kiritdi va tabloda 0:3 hisobi bo'linini taminladi.

O'yin yakuniga etayotgan bir pallada Perishich hisobni qisqartiruvchi gol muallifiga aylandi, 1:3.

Keskin kurashlar ostida kechgan bahsda Meksika Xorvatiya ustidan ishonchli g'alabaga erishdi va keyingi bosqich yo'llanmasini naqd qildi.


JCH-2014. "A" guruhi, 3-tur.

Xorvatiya - Meksika 1:3
24 iyun. 01:00
Bosh hakam
:
Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
Yordamchi hakamlar:
Abdulhamidillo Rasulov (O'zbekiston), Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston)
Zaxira hakami:
Neant Alium (Kamerun)

Gollar
: Markes (72), Guardado (75), CHicharito (82), Perishich (87)

Xorvatiya
: Pletikosa, Vrsalko (Kovachich, 58), Pranich (Elavich, 74), Perishich, CHorluka, Lovren, Rakitich, Modrich, Srna, Manjukich, Olich.

Meksika
: Ochoa, Rodrigez, Markes, Xerrera, Layun, Dos Santos (CHicharito, 61), Moreno, Guardado (Fabian, 84), Peralta (Pena, 79), Agilar, Vazkuez.

Ogohlantirish: Rakitich (9), Markes (39)

CHetlatish
: Rebich (89).


SHahboz Beg'amov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика