Mehdi Taremi boshqa mamlakat fuqaroligini olish harakatini boshlab yubordi
11 apr 23:50
Yangiliklar
Mehdi Taremi boshqa mamlakat fuqaroligini olish harakatini boshlab yubordi
Eron terma jamoasi hujumchisi Mehdi Taremi Evropa davlati pasportiga ega bo'lishi mumkin.
Ayni damda "Portu" klubiga tegishli hujumchi Portugaliya fuqaroligini ham olishi mumkin.
Amaldagi qonunchilikka binoan, mamlakat pasportini qo'lga kiritish uchun besh yil istiqomat qilish talab etiladi.
2019 yil Qatarning "Al Garafa" klubidan transfer qilingan Taremi 23 iyul kuni ushbu muddatni to'liq o'tab bo'ladi.
Fuqarolikning qo'lga kiritilishi Taremining "Inter"ga o'tishiga ham ijobiy tasir o'tkazadi.
Eronlik hujumchi mazkur hujjatga ega bo'lish uchun harakatlarni boshlab yuborgan.
Fikrlar