So’nggi yangiliklar

18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  0 18:13"Андижон" — "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  3 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  2 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4

Mbindyo Frensis: “O'zbekistonliklarga katta rahmat” Yangiliklar

Mbindyo Frensis: “O'zbekistonliklarga katta rahmat”

O'zbekiston – Keniya (1:0) bahsidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan afrikaliklar bosh murabbiyi Mbindyo Frensis quyidagicha fikrlarni bildirdi.

- Yaxshi o'yin o'tkazdik. So'nggi daqiqalarda o'yinni kuchaytirishga intildik. Afsus, futbolda shunday holatlar ham bo'lib turadi. O'yin bizga foydali bo'ldi. O'zbekiston terma jamoasidan ko'p narsa o'rgandik. Tajriba to'pladik.

- O'yin natijasi xech narsa hal etmasdi. Biroq shunga qaramay, nima uchun  mehmonlar ko'proq himoyaviy futbolga etibor qaratishdi?  

- Himoyaviy o'yin futbol taktikalaridan biri hisoblanadi. O'zbekiston OTJ Xitoyda chempion bo'lganining sababi ular doim hujumkor o'yin namoyish etadi. Biz esa o'yinga juda oz fursatda tayyorgarlik ko'rdik. Tarkibimiz yangi hisoblanadi. SHuning uchun futbolchilar bir-birlarini tushunishda biroz qiyinchilikka duch kelishmoqda.

- O'zbekiston tarkibida kimni o'yini Sizga yoqdi?

- Menga 9-raqam (O'rinboev) va 22-raqamda (Kenjaboev) to'p surgan o'yinchilarning o'yini juda yoqdi. Bahs davomida ular bizga ko'p muammo to'g'dirishdi.

- Keniya va O'zbekiston futbolini solishtirsangiz?

- Bu savolga javob bera olmayman. CHunki men faqat terma jamoaning o'yinini ko'rdim. Ikki davlat futboli saviyasini ko'rish uchun klublar ishtirokidagi bahslarni kuzatishim kerak.

 
- O'zbekiston OTJ amaldagi Osiyo chempioni hisoblanadi. Agar bizning jamoa Afrika qitasi chempionatida ishtirok etganda qanday natija qayd etgan bo'lardi ?

- Qiyin savol bo'ldi. Buni tasavvur qilish biroz mushkul. Lekin shuni ayta olamanki, O'zbekiston Afrika qitasida o'tkazilgan turnirlarning saralashidan bemalol o'ta oladi va guruh bosqich bahslarida yaxshi ishtirok etadi.

- Bizning davlat Sizda qanday taassurot qoldirdi?

-   Avval ham Osiyo davlatlarida mehmon bo'lganman. O'zbekistonni bunday chiroyli davlat deb tasavvur qilmaganman. Insonlari xar doim kulib turadi. Mehmondo'stlikka esa gap bo'lishi mumkin emas. O'zbekistonliklarga katta rahmat!


“Neftchi” matbuot kotibi Hojiakbar Jabborov yozib oldi

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика