Mbappe "Real"dagi debyut o'yinidayoq sovrin yutishi mumkin
17 iyu 2024 17:19
Yangiliklar
Mbappe "Real"dagi debyut o'yinidayoq sovrin yutishi mumkin
Kilian Mbappe "Real" bilan AQSH bo'ylab turnega bormaydi.
Madridliklar 28 iyul kuni AQSHga yo'l olishadi va u erda "Milan", "Barselona" va "CHelsi"ga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.
Klub Mbappeni yig'inga olib ketish o'rniga unga dam berishni afzal ko'rgan. Kilian 7 avgustdan Valdebebasdagi bazadagi yangi jamoadoshlari bilan mashg'ulotlarga kirishadi. Klub va futbolchining o'zaro kelishuviga ko'ra, Mbappe 14 avgust kuni Varshavada bo'lib o'tadigan "Atalanta"ga qarshi UEFA Superkubogi uchun bahsda maydonga tushadi.
Keltirilishicha, bosh murabbiy Karlo Anchelotti va Mbappe o'zaro yangi mavsum oldidan ruxiy va jismoniy dam olishi uchun futbolchiga imkoniyat yaratib berish lozim degan qarorga kelishgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar