Mbappe PSJ bilan shartnomasini uzaytirishni xohlamadi. Buning sababi aniq
08 apr 2021 21:10
Yangiliklar
Mbappe PSJ bilan shartnomasini uzaytirishni xohlamadi. Buning sababi aniq
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yozda “Real”ga o'tishga qaror qildi, deya xabar beradi “Cuatro” va “Cadena SER”.
Manbaga ko'ra, Mbappe parijliklar bilan shartnomasini uzaytirishni xohlamagan. Uning klub bilan amaldagi kelishuvi 2022 yil yozigacha mo'ljallangandi.
Endi PSJ franciyalikni sotish yoki shartnomasi tugagunga qadar klubda olib qolish masalasini ko'rib chiqishiga to'g'ri keladi.
“Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres yozda yirik xaridlarni amalga oshirishni maqsad qilgan. Madridliklar Mbappe bilan birga “Borussiya D” hujumchisi Erling Xolandni ham transfer qilmoqchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar