Mbappe jarohat sabab Franciya terma jamoasi bilan mashg'ulot o'tkazmadi
08 okt 2025 00:49
Yangiliklar
Mbappe jarohat sabab Franciya terma jamoasi bilan mashg'ulot o'tkazmadi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe ketma-ket ikki kun davomida Franciya terma jamoasining Ozarbayjon va Islandiyaga qarshi jahon chempionati saralash o'yinlari oldidagi mashg'ulotlarida ishtirok etmadi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda. Uchrashuvlar 10 va 13 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi. Kilian Mbappe o'zidagi noqulaylik sabab bu o'yinlarda ishtirok etmasligi mumkin.
Hujumchi shanba kuni "Real"ning "Vilyarreal"ga qarshi o'yinida (3:1) to'pig'i paylarining cho'zilishidan so'ng tiklanmoqda. 26 yoshli futbolchi 81-daqiqada gol urganidan keyin tezda maydonni tark etishga majbur bo'ldi va to'g'ridan-to'g'ri kiyinish xonasiga yo'l oldi.
Undan tashqari, mashg'ulotlarda "Liverpul" himoyachisi Ibraima Konate ham qatnasha olmadi.
Joriy mavsumda Mbappe klub va milliy terma jamoa uchun 12 ta o'yinda 16 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar