Mbappe hali ham "Real"da o'ynashni xohlaydi. Klub uni erkin agent sifatida tarkibiga qo'shishga rozi
31 mar 2023 16:13
Yangiliklar
Mbappe hali ham "Real"da o'ynashni xohlaydi. Klub uni erkin agent sifatida tarkibiga qo'shishga rozi
As nashrining xabariga ko'ra, franciyalik futbolchi "Madrid" safida o'ynash orzusidan voz kechmagan. U PSJdan yozdayoq ketmoqchi, ammo klub amaldagi shartnoma tufayli uni qo'yib yubormaydi.
Mbappe "Real"ning katta lavozimdagi vakillariga jamoa safiga, PSJ bilan shartnomasi yakunlangach, 2024 yilda borib qo'shilmoqchiligini malum qilgan. Kilian shartnomadagi bandga ko'ra, kelishuvni yana bir yilga uzaytirish mumkin, lekin u bunday qilmaslikka qaror qilgan.
24 yoshli futbolchiga yaqin manbalar bu safar Mbappeni "Real"ga o'tishdan hech kim va hech nima to'xtatib qola olmasligini aytishmoqda. Mbappe mavsum oxirida PSJ rahbarlariga jamoani tark etib, "Real" tarkibiga borib qo'shilmoqchiligini aytadi.
"Madrid" Mbappe bilan shartnoma imzolashga tayyor, faqat Kilian jamoaga erkin agent sifatida kelsa – PSJ bilan hech qanday muzokaralar o'tkazilmaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar