Mbappe: "800, 850ta gol urganlar uchun 300 raqami juda kulgili tuyuladi"
19 noy 2023 11:55
Yangiliklar
Mbappe: "800, 850ta gol urganlar uchun 300 raqami juda kulgili tuyuladi"
Tunda u Franciya termasi tarkibida Gibraltar darvozasiga uch marta yo'l topdi. Endi uning milliy termadagi gollari soni 46tani tashkil qilmoqda. Klublar miqyosida esa uning gollari 254taga teng.
Qayd etish kerak, Mbappe bu natijaga 25 yoshda erishgan ilk futbolchi bo'ldi, yani, Leo Messi va Krishtianu Ronaldudan ertaroq qo'lga kiritdi.
"Bu jarayonning oddiy bir qismi holos. Faoliyatida 800, 850ta gol urgan futbolchilar bor. Ular uchun 300 raqami juda kulgili. Oldinga harakatlanishda, klub va terma jamoada natijani yaxshilashda davom etish kerak", - dedi Mbappe.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu faoliyati davomida 850ta gol urgan ilk futbolchi bo'lgan. Uning hozirgi gollari soni 858taga teng. Leo Messining gollari esa 821tani tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar