Mavsumoldi repeticiyada “Barselona” Rafinyaning chiroyli goli evaziga “Real”ni engdi
24 iyu 2022 10:15
Yangiliklar
Mavsumoldi repeticiyada “Barselona” Rafinyaning chiroyli goli evaziga “Real”ni engdi
Uchrashuvda “Barselona” 1:0 hisobida “Real”ni taslim etdi. Yagona gol 27-daqiqada Rafinya tomonidan uzoq masofadan chiroyli tarzda urildi.
Robert Levandovski kataloniyaliklar safida norasmiy debyutini o'tkazdi va 2-taymda almashtirildi.
Eslatib o'tamiz, "ko'k-anorranglilar" keyingi nazorat bahsini 27 iyul 05:30 da “Yuventus”ga qarshi o'tkazadi. SHu kuni 07:30 da madridliklar “Amerika” (Meksika)ga qarshi maydonga chiqadi.
"Real Madrid" Ispaniya – "Barselona" Ispaniya 0:1
"Allegiant Stadium"
Gol: 0:1 – 27 Rafinya.
"Real Madrid" – Kurtua, Alaba (Nacho, 46), Militao (Valexo, 62), Ryudiger (Mendi, 46), Valverde (Modrich, 46), CHuameni (Kroos, 46), Kamavinga (Kazemiro, 46), Vaskes (Odriosola, 71), Azar (Asensio, 46), Vinisius Junior (Mariano Dias, 70), Rodrigo (Sebalos, 70).
"Barselona" – ter Stegen (Penya, 62), Arauxo (Dest, 63), Kristensen (de Yong, 46), Erik Garsiya (Pike, 63), Alba (Balde, 46), Buskets (Niko Gonsales, 63), Pedri (Serji Roberto, 63), Gavi (Kessie, 46), Levandovski (Obameyang, 46), Rafinya (Depay, 63), Fati (Dembele, 46).
Ogohlantirishlar: Kristensen (34), Alba (43), Buskets (54), Vaskes (65), Kessie (74).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar