So’nggi yangiliklar

19:37Родри: "Арсенал"дан қасос олишимиз керак"  4 19:18"Арсенал" — "Манчестер Сити". Ҳусанов асосий таркибда  28 19:15"Қизилқум" — "Насаф" 0:0 (Матнли трансляция)  12 18:50Усмоновнинг сўнгги сонияларда киритган голи "Андижон"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  25 18:36"Мальорка" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 18:08Туркия Суперлигаси. "Башакшехир"нинг "Аланяспор"га қарши ўйин учун таркиби маълум  15 17:56БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ"нинг "Ал Васл"га қарши ўйин учун таркиби маълум, Ғаниев асосий таркибда  0 15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  6 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  2 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  5 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  17 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  6 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  11 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  5 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  19

Mavsumdan so'ng futbolchilarga qancha muddat dam berish kerak? Yangiliklar

Mavsumdan so'ng futbolchilarga qancha muddat dam berish kerak?

Bu haqda milliy terma jamoa va “Lokomotiv” klubidagi faoliyati orqali tanilgan shifokor Abror Pirriev telegramdagi kanalida malum qildi.

"Bu yilgi – “korona” qator o'zgartirishlar kiritgan chempionatimiz ham o'z yakuniga etdi. Mavsum davomida pandemiya sabab yuzaga kelgan vaziyatlarni to'g'ri baholagan holda taqvim tuzib, davom ettirishga erishilgan chempionatni salomatlik nuqtai nazaridan jamoalarda jiddiy "incident"larsiz yakunlashda PFLning samarali tashkilotchiligini alohida etirof etmasak insofdan bo'lmas. Mart oyining qoq o'rtasidayoq to'xtatilgan chempionatdagi tanaffusda futbolchilar avvaliga individual, keyin esa jamoaviy mashg'ulotlar o'tkazib, so'nggida tig'iz grafik asosida shu kungacha etib kelishdi va yaxshigina yuklama olib ulgurishdi. Oldinda kubok o'yinlari qoldi, xolos. “Blic turnir” ko'rinishidagi kubok o'yinlarini kimdir erta, kimdir kechroq yakunlashiga to'g'ri keladi. Xo'sh, shundan so'ng, jamoalarning keyingi mavsum oldi yig'inigacha, futbolchilarga qancha muddat dam berish kerak?

Ushbu muhim savolga tibbiy nuqtai nazardan yondoshadigan bo'lsak, futbolchilarning dam olish muddati 3 haftani tashkil qilishi to'g'ri hisoblanadi. Masalan: 8-dekabrda kubok bahslaridagi yurishini to'xtatgan jamoa bemalol yangi yil bayramidan so'ng yig'ilishi, finalga etib borgan klub esa 10-yanvarlarda yig'in boshlashi mumkin (“OCHL” ishtirokchilarida biroz o'zgarish bo'lishi mumkin). Baribir, dam olish muddatining birinchi yarmi passiv dam olish bilan o'tsa, ikkinchi yarmi aktiv holda (jamoa murabbiylari tuzib bergan individual mashg'ulotlar bilan) o'tkaziladi.

Jamoani jismonan mavsumga tayyorlash uchun 6 hafta etarli ekanini inobatga olsak mavsumni bemalol fevralning ikkinchi yarmida boshlashimiz ham mumkin (yozning jaziramasida futbolchilarga etarli dam berish va ko'ngildagidek yig'in o'tkazib olish uchun). Har qalay bu variant, o'yinlari mart oyiga rejalashtirilgan terma jamoamiz uchun ham foydali, qolaversa mart oyida ikki tur o'ynab ulgurmay, yana uzoq muddat tanaffus qilgandan yaxshiroq).

Nima bo'lganda ham keyingi mavsum, muxlislar sog'ingan va ko'nikkan odatiy sharoitda o'tadi degan umiddaman", - deb yozadi Abror Pirriev o'z kanalida.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика