Matteus: "Real" kuchli, ammo "Yuventus" undanda kuchli"
03 iyu 2017 15:18
Yangiliklar
Matteus: "Real" kuchli, ammo "Yuventus" undanda kuchli"
"Yuventus" - "Real" muxlislar ko'rishni istaydigan finallardan hisoblanadi. Ikki buyuk klub to'qnashuvi. "Yuventus"ni etakchi deb hisoblayman. Klublar o'rtasidagi farq shundaki, turinliklar tez o'zgara oladigan jamoa.
Madrid grandi qiyin masalalarni hal qilishda doimo ham eng yaxshi emas. Agar "Yuventus"ning CHempionlar ligasi pley-off bosqichidagi ishtirokiga nazar tashlasangiz, o'zgacha jihatlar guvohiga aylanasiz. "Barselona" va "Monako"ga qarshi uchrashuvlarda turinliklar o'yinga bo'lgan munosabatni o'zgartira olishini isbotladi. Turnirdagi eng yaxshi himoya ham ular. "Yuventus" 12 ta uchrashuvda 3 ta gol o'tkazib yubordi.
"Yuventus" faqat himoyada kuchli emas. Jamoa hujumga o'tishda ham yaxshi. Turinliklar madridliklardan ko'ra zichroq harakat qiladi. "Yuventus" maydonda bir jamoadek o'ylaydi va harakat qiladi. "Real" kuchli, ammo "Yuventus" kuchliroq" - deydi Matteus.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar