So’nggi yangiliklar

13:13"Жирона" спорт директори "Манчестер Сити" таклифини рад қилди  0 12:47"Мени дарвозабон сифатида муҳокама қилишларини хоҳлайман" — Шенсни  0 12:20Дурангдан қониқмадим  25 12:12БАА терма жамоасида Ўзбекистон билан ўйиндан аввал жиддий йўқотиш бор  6 12:01А Сериянинг сентябрдаги энг яхши футболчиси аниқланди  0 11:36Катанец нега ҳимоячи ўрнига ярим ҳимоячи, ярим ҳимоячи ўрнига эса ҳимоячини чақиради?   14 10:48Ди Канио: "Бу иши учун МЮ директорларини қамаб қўйган бўлардим"  3 10:37Про лига. 20-турнинг қолдирилган учрашувини Шавкат Насибуллаев бошқариб боради  0 10:15Ўзбекистон МТЖ: Ашурматов ўрнига бошқа футболчи чақирилди  32 10:07Гюлер: "Анчелотти билан муаммолар йўқ"  0 09:34Испания Суперкубоги форматида ўзгариш бўлди  0 08:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  1 08:20Sofascore. Кечаги учрашувда Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари неча баҳо олди?  20 07:47Ёшларимиз бугун Аргентинага қарши баҳс олиб боради  2 07:16ЖЧ-2026 саралаш. Бразилия қийин ғалабага эришди, Аргентина эса...  0

Matbuot xizmatiga "zambarakning o'qi"mi? Superliganing ayrim klublariga murojaat Yangiliklar

Matbuot xizmatiga "zambarakning o'qi"mi? Superliganing ayrim klublariga murojaat

Men bu haqda o'tgan yili ham yozmoqchi bo'lib yurgandim, lekin jim turishni lozim topdim.

Barchamiz ko'rgan, oynai jahonni titratgan "Uchrashuv" teleminiatyurasida Ergash Karimov aks etgan to'y maslahatini ko'rgansiz. Unda bir necha kishi bafurja o'tirib, xarajatlarni maslahatlashishadi. Nimalar kerak, kimga qanday kiyim va hokazo. Yakunda Ergash Karimov yoriladi.

"Bir qarich til kerakmi? Sizga-chi? Velosiped, fotoapparat, traktor. Akasiga tor shim, singlisiga kalta yubka, o'lgan buvisiga yangi kafan, otasiga aroq zavodi. Sizga zambarakning o'qi". Xuddi shuni futbol tiliga o'girsak, quyidagi kichik hikoya kelib chiqadi. 

Bir klubning rahbari yig'ilish o'tkazmoqda. Unda bosh murabbiy, mamur, stadionga masul xodim, matbuot kotibi qatnashmoqda. Mavzu yangi mavsum oldidan kimga nima kerakligi. Avvalroq barchasi qog'ozga yozilib, direktorga berilgan. 

- Xo'sh, bosh murabbiyga 6ta yaxshi futbolchi. Har birining maoshi 60 million so'mdan. Mayli ketsa, ketar. Muhimi, natija!

- Mamur. Jamoaga yangi ekipirovka, "Puma" brendidan olib beramiz. 

- Stadionga yangi projektor! Bu ayni muddao. Bo'lmasa, O'zPFL licenziyasidan o'ta olmaymiz. "Philips" kompaniyasi bilan kelishuvga erishish arafasidamiz. Agar bu yil ham projektorni qila olmasak, yana stadion qidirishimizga to'g'ri keladi. 

- 10 yil oldin o'ynab ketgan legioner FIFAga yozibdi. Uning ham qarzini to'laymiz. Aks holda, transfer taqiqi qo'yiladi. Yana bosh og'riq. Bu muammoni darhol echishimiz shart. 

- Matbuot xizmati. Xarajatlar ko'payib ketibdi-ku! Yangi kompyuter, fotograf ishchi, sayt ochish, media xonasini tamirlash. Biroz sabr qilib turasiz. Bularni keyinga qoldiramiz. Hozircha oddiy yoritsangiz ham mayli. O'yinlarga kelib tursangiz bo'ldi. O'zimizdan tashqaridagi yig'in va mashg'ulotlarga borishingiz shart emas. Kimdadir yaxshi telefon bo'lsa, rasmga olib yuborar. 



Yuqoridagi haqiqat aralash to'qima hikoyani osmondan olib yozganim yo'q. Darhaqiqat, bugungi kunda hamma emas, aksariyat klublarda matbuot xizmatiga etibor etarlicha, deya olmayman. Oddiy misol, yanvar oyiga kelib viloyat jamoalari Toshkentda yig'in o'tkazadi,  lekin hech biri klub matbuot xizmatini olib kelishni o'ylamaydi. Qaysi klubning matbuot kotibi jamoa bilan birga? Kelganlari ham o'z yonidan yoki mashinasida jamoa va kasbining hurmati nuqtai nazaridan yoritadi. Qishni Toshkentda o'tkazadigan "So'g'diyona"ning matbuot xizmati mashg'ulotlarni yoritmoqdami?  Yoki hamon sukutda o'tirgan "Surxon"dagi holat qanday? Ushbu klubning matbuot kotibi bir vaqtning o'zida bir nechta vazifalarni qiladi — licenziyalash, administraciya va hokazo. Maoshlar haqida o'tgan yili hamkasbim Faxriddin Ro'ziev chiqish qilgan, Og'abek Samisov ko'rsatuv tayyorlagan edi. Tolibjon Qosimov ham o'z maqolasi orqali fikrlarini bayon qilgandi. 


Futboldagi pul. Matbuot kotiblari qancha maosh oladi?


IMHO: o'zbek futbolidagi matbuot xizmatlar qanday ishlayapti?


Qo'shiqning fonogrammasi yaxshimi yoki jonlisi?!


Fevral boshlanishi bilan safarga otlanadigan klublar bu yil qanday yo'l tutishadi? Yoki biror kimsa telefonidan yuborgan rasmlar, umumiy malumotlar bilan matbuot kotiblari bir ilojini qilib xabar berishda davom etadimi? O'tgan yili OFK kubogi doirasida Qarshiga Gonkongning "Li Man" jamoasi tashrif buyurdi. Biz mensimaydigan, o'zbek futbolidan darajasi past klubning 4 nafar matbuot kotibi "dahshat" sharoitlar bilan kelib yoritdi. Gongkongdan ortda qolishimiz uyatli. Ko'rib havasing keladi! Uyg'oninglar endi. Yuqoridagi hikoya bilan maqolaga yakun yasayman. Matbuot xizmatida ishlaydiganlarga "zambarakning o'qi"mi?

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика