Maskerano: "Inter Mayami" dunyoning eng yaxshi 16 jamoasi qatoriga kirdi"
24 iyu 2025 15:56
Yangiliklar
Maskerano: "Inter Mayami" dunyoning eng yaxshi 16 jamoasi qatoriga kirdi"
"Inter Mayami" bosh murabbiyi Xaver Maskerano Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati "A" guruhi 3-turi doirasidagi "Palmeyras"ga qarshi (2:2) o'yindan keyin fikrlarini bildirdi.
"Biz uchun ajoyib o'yin. Janubiy Amerikaning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi o'ynash qiyin edi. Bu MLS uchun tarixiy oqshom, chunki biz dunyoning eng yaxshi 16 jamoasi qatoridamiz. MLS faxrlanishi kerak", – dedi Maskerano.
"Inter Mayami" "Palmeyras" bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi va guruhda ikkinchi o'rin bilan Klublar o'rtasidagi JCHning pley-off bosqichiga yo'l oldi. Messi etakchiligidagi jamoa 29 iyun kuni 1/8 finalda PSJ bilan to'qnash keladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar