"Mashal"ga befarq bo'lmagan muxlislar diqqatiga!
03 apr 2014 18:39
Yangiliklar

"Mashal"ga befarq bo'lmagan muxlislar diqqatiga!
Xabaringiz bor 5 aprel kuni Muborak shahridagi B.Vafoev nomli stadionda "Mashal" jamoamiz "Paxtakor" jamoasini qabul qiladi.
Ushbu uchrashuvda klub stadionga tashrif buyuruvchi muxlislarni rag'batlantirishni maqsad qilgan. Endi "Mashal" jamoasini uy uchrashuvlariga tashrif buyurgan va chipta xarid qilgan barcha muxlislarga o'ziga xos bepul alohida chiptalar taqdim etiladi. Bu chipta yordamida siz uy uchrashuvida taqdim etiladigan klubning 9 ta sovg'alaridan biriga ega bo'lish imkoniyatini qo'lga kiritasiz.
Kirish chiptasiga qo'shimcha tarzda taqdim etilgan omadli chipta sohiblari o'z raqamlariga ega bo'ladi. SHundan so'ng bahsning tanaffus vaqtida yutuqli o'yin bo'lib o'tadi. Lototrondan olingan raqamga qaysi muxlisning qo'lidagi maxsus chipta to'g'ri kelsa sovg'alardan birini egasiga aylanadi. Qoidalari juda oddiy va tushunarli. Buning uchun faqat stadionga tashrif buyurish va chipta olish kifoya.
Eslatma uchun har bir sotib olingan chiptaga qo'shimcha omadli chiptadan olish esdan chiqmasin.

Fikrlar