So’nggi yangiliklar

10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  3 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  1 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  2 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёнинг иккита жамоаси плей-оффда. Кечаги кун натижалари билан танишинг  1 07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  12 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  3 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  5 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  2 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  5 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  11

"Mashal"dan ikki futbolchi, "Bunyodkor" hujumchisi va 62 yoshli murabbiy - Superligada 3-turning eng yaxshilari Yangiliklar

"Mashal"dan ikki futbolchi, "Bunyodkor" hujumchisi va 62 yoshli murabbiy - Superligada 3-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 3-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 3-turning eng yaxshi darvozaboni – Dostonbek To'xtaboev ("Mashal")

Superligaga qaytgan "Mashal" 3-turni Jizzaxda "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazdi va 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. O'yin davomida muborakliklar posboni Dostonbek To'xtaboev 4 marta jamoasini muqarrar gollardan qutqardi. Bundan tashqari 74-daqiqada "So'g'diyona" futbolchisining penaltidan tepgan zarbasidan keyin to'pni qaytardi. Shu tariqa, To'xtaboev ketma-ket ikkinchi tur eng yaxshi posbon sifatida etirof etildi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 3-turning eng yaxshi murabbiyi – Vadim Abramov ("Dinamo")

"Dinamo" 3-turda Toshkentda 15 karra mamlakat chempioni "Paxtakor" klubiga qarshi o'ynadi va g'alabaga erishdi - 1:0. Samarqand klubi so'nggi bor 2017 yilda Toshkentda "sherlar"ni taslim qila olgandi. Vadim Abramov o'z jamoasi bilan kuchli legionerlarni jamlagan "Paxtakor"ni safarda mag'lub etdi va turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 3-turning eng yaxshi futbolchisi – Luis Kachorri ("Bunyodkor")

Italiyalik hujumchi Luis Kachorri 2-turda "Sho'rtan"ga ikkita gol urgan va eng yaxshi futbolchi bo'lgandi. 3-turda Toshkentda "Bunyodkor" "Surxon"ni qabul qildi va 3:1 hisobida g'alabaga erishdi. Bu safar ham Kachorrining ikkita chiroyli gol muallifiga aylandi. Shu bois, Luis Kachorri ketma-ket ikkinchi tur eng yaxshi futbolchi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 3-turning eng chiroyli goli muallifi – Islombek Baratov ("Mashal")

"Mashal" o'ng qanot himoyachisi Islombek Baratov 3-turda "So'g'diyona"ga qarshi bahsda chiroyli gol muallifiga aylandi. U o'ng qanotda to'pni egallab olib to'pni jarima maydoniga uzatdi, to'p o'zgacha traektoriya hosil qildi va Muhammadyusuf Sobirov qo'riqlayotgan darvozaning uzoq burchagiga kirib ketdi. Islombek Baratov tomonidan urilgan gol championat.asia sayti talqiniga ko'ra turning eng chiroyli goli deb topildi.





"Bunyodkor" ustozi va legioneri, "Xorazm" posboni — Superligada 1-turning eng yaxshilari        

Mag'lub bo'lgan darvozabon, legioner hujumchi, tajribali himoyachi va OKMK ustozi — Superligada 2-turning eng yaxshilari        

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика