So’nggi yangiliklar

00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  3 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  1 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  20 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2

"Mashal" yoshlari navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi Yangiliklar

"Mashal" yoshlari navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi

Bugun Muborakdagi Bahrom Vafoev nomli stadionning ikkinchi maydonnida Oliy liganing 9 turidan o'rin olgan "Mashal" - "Lokomotiv" uchrashuvi oldidan har ikki jamoalari yoshlari maydonga chiqishdi.
Dastlabki daqiqadan hujumga intilgan maydon egalarida 13 daqiqada Eldor SHomurodovning birga-bir vaziyat hosil qilishida hisobni ochishi mumkin edi. SHomurodovga aniqlik etishmadi. 16 daqiqada Muydin Mamazulumov ham huddi shunday vaziyatda to'pni Sarvar Karimovga berib qo'ydi.  30 daqiqada Xolmurod Xolmurodvning to'p uzatishi yana SHomurodovga borib tushdi. Odatdagidek to'p darvozabonga osongina etib bordi. Ixtiyor Toshpo'latov esa ochiq vaziyatni yo'qqa chiqardi. Bobir Tillaboevning zarbasi esa Javohir Ilyosov qo'riqlayotgan darvozaning yuqoridasidan o'tib ketdi.  41 daqiqada belgilangan jarima to'pini Dilshod Jabborov kuchli zarba bilan ijro etdi. To'pga ozgina aniqlik etishmadi. Hullas birinchi bo'lib vaziyatlarni sovurish bilan o'tdi.

Ikkinchi bo'lim keskin hujumlar ostida start oldi. 48 daqiqada Ixtiyor Toshpo'latovning zarbasini darvozabon jarima maydonchasidan oldinroqqa chiqib bartaraf etdi. Qaytgan to'p yuqoridan Qahramon Bahodirovni boshiga kelib tushdi va Bahodirov yo'naltirishda adashmadi. 1:0. 58 daqiqada Ixtiyor Toshpo'latovning pasini Muydin Mamazulumov osongina darvozaga yo'llab hisobni 2:0 ko'rinishga keltirdi.  72 daqiqada SHohruh Dostonovning jarima zarbasini darvoza to'sini bartaraf etdi. Eldor Ergashevni zarbasi esa darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. Uchrashuvda boshqa hisob o'zgarmadi va "Mashal" navbatdagi uch ochkosini qo'lga kiritdi.


Yoshlar ligasi. 9-tur
Muborak. Bahrom Vafoev stadioni
"Mashal" - "Lokomotiv"  2:0 (0:0)
Gollar
: Qahramon Bahodirov (53) , Muydin Mamazulumov (58)
Hakamlar: Elyor Tursunov (Buxoro), F.Norsafarov, K.Rasulov, Z.Eliboev (hammasi Qarshi)
Nazoratchi: S.Najafaliev (Toshkent)
Ogohlantirishlar: Jahongir Abdumo'minov (45), SHohruh Dostonov (48), Qahramon Bahodirov (50) , Yunus Ochildiev (72) -  Abbosjon Po'latov (62)

"Mashal":
Javohir Ilyosov (Musurmon Nosirov 90), Yunus Ochildiev (Muhammad Aliqulov 90), Iskandar SHayqulov, Xolmurod Xolmurodov (Ixtiyor Ahmadjonov 82), Sirojiddin Rahmatullaev, Muydin Mamazulumov, Eldor SHomurodov (SHohruh Dostonov 46), Ixtiyor Toshpo'latov (Akmaliy Rahimzoda 66), Salamat Qutiboev, Jahongir Abdumo'minov (Eldor Ergashev 53), Otabek SHukurov (Qahramon Bahodirov 46)

"Lokomotiv": Sarvar Karimov, Xurshidbek Muxtorov, Ilhom Suyunov (Sadriddin Abdullaev 46), Abbosjon Po'latov (Mirshohid Olimov 70), Quvondiq Ro'ziev, Dilshod Jabborov (Abdujalil Hasanov 75), Nikita Efremenko, Javohir Hakimjonov (Humoyun Abdualimov 80), Karen Abramov, Doniyor Usmonov (Sardor Rahmonov 46), Bobir Tillaboev (Abdurahmon Joldasaev 90)
Zaxira: Temur Jo'raev, 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика