So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  0 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  1 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  9 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  85 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

"Mashal": Stadionimizni keyingi mavsumga tayyorlash boshlandi (FOTOGALEREYA) Yangiliklar

"Mashal": Stadionimizni keyingi mavsumga tayyorlash boshlandi (FOTOGALEREYA)

Muborak shahrida joylashgan Bahrom Vafoev nomli stadionning asosiy maydoni mavsumlar oralig'ida tamirlanadi.
Ayni vaqtda asosiy maydonda keng ko'lamda ishlar olib borilmoqda.

Bu haqida stadion bosh direktori Xo'jamurod Kazakov batafsil aytib o'tadi.

"Ayni vaqtda stadionimizda keng ko'lamdagi ishlar boshlab yuborildi. Birinchi fikrim shunday bo'ladi: Biz kelayotgan mavsumni alo darajadagi maydonda boshlamoqchimiz. SHu bois ayni vaqtdan boshlab vazifamizga jiddiy yondoshganmiz.

Birinchi bo'lib qilinayotgan ishlar haqida aytib o'tadigan bo'lsak , stadionning markaz qismini ikki metrga ko'chirilmoqda. Darvozalar ham tablo tarafga qarab siljiydi. Markazni aniq olish va futbolchilarni kiyinish xonasidan to'g'ridan-to'g'ri markazga kirib borishi taminlanadi.

Keyingi vazifamiz esa maydon holatiga qaratiladi. Xabaringiz bo'lsa o'tgan mavsum boshida maydonni mavsumga kerakli sharoitda tayyorlay olmagan edik. Endi shu xatolardan kelib chiqib rejalar belgilab olindi. Jumladan maydonning suv to'planib qoldigan barcha qismlarida kerakli suvni quritish tizimlarini o'rnatmoqdamiz. Bu bizga  har qanday yomg'ir va qor sharoitida ham maydonda quruq saqlash imkoniyatini beradi.

Yana bir vazifamiz bu maydonning barcha qismini yani maydon ichi va tashqi qismidagi maysani bir tekislikda tamirlashdir. SHu bois ayni vaqtda maydonning bazi qismlaridan maysalar olinmoqda.

So'nggi vazifamiz esa barcha ishlar yakunlangandan so'ng maydonga zamonaviy "Canada Green" maysalarini ekishdan iborat bo'ladi. Bu maysa asosan mahalliy maysa va muhitga moslashtiriladi".

Tamirlash ishlaridan fotosuratlarni tomosha qiling.

Fotolar muallifi: Bunyod Andaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика