So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

"Mashal" - "So'g'diyona" yoshlari uchrashuvidan so'ng murabbiylar fikri Yangiliklar

"Mashal" - "So'g'diyona" yoshlari uchrashuvidan so'ng murabbiylar fikri

Teglar :  Mashal
Bugun bo'lib o'tgan yoshlar ligasining "Mashal" - "So'g'diyona" (3:0) uchrashuvidan so'ng jamoalar bosh murabbiyi o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

Diyor Fayziev ("So'g'diyona" yoshlari bosh murabbiyi): 

"Yoshlar ligasi bu futbolimizning eng kerakli nuqtasi. Bu futbolimizni ko'tarish uchun eng yaxshi qadam deb o'ylayman. Bugun jiddiy raqibga qarshi maydonga chiqdik. "Mashal" haqida barchamiz bilamiz va amaldagi chempion hisoblanadi. SHunga qaramay bugun maydonga tushgan yoshlarimiz munosib o'yin ko'rsatib berdi. Tarkibga qarasak bizni jamoa asosan 18 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat. Ayniqsa ikkinchi bo'limda to'laligicha yoshlar bilan o'ynadik. Uzoq masofadan so'ng futbolchilar birinchi bo'limda qiyinchilikka uchradi lekin ikkinchi bo'limda ko'rsatgan o'yini bizni xursand qildi. Men bu ligada jamoamni natijasi uchun emas o'sishi uchun ishlayman. O'sishi uchun esa bu liga juda ham ahamiyatlidir.

Bu yosh tarkibga mahoratli futbolchilar ko'magi ham zarur. Bugun maydonga tushgan Asiljon Begimqulov, Bobur Qosimov yoshlarimizga yordam berdi. Yoshlarni boshqara oladigan va namuna bo'ladigan futbolchi maydonga tushishi kerak. Ulardan yoshlar nimanidir o'rganishi shart. Imkoniyatlarimiz bo'ldi va kelajakda bunday imkoniyatlarni albatta golga aylantirishiga ishonaman"


Baxtiyor Sattarov ("Mashal" yoshlari bosh murabbiyi): 


"Bugungi g'alaba bilan barchani tabriklayman. Ertaga ham asosiy tarkibga omad tilab , ulardan g'alaba kutamiz. O'yin biz o'ylaganchalik kechmadi. "So'g'diyona" yoshlar jamoasidan kuchliroq qarshilik kutgan edik. Umuman olganda yoshlarimiz berilgan barcha ko'rsatmalarni 70, 80 foizini maydonda ko'rsatishdi. O'yin tashkil etishda, hujumni yakunlashda hamda qisqa va uzun to'p oshirishlarda jamoamiz azolari texnik kamchiliklarga yo'l qo'ymoqda. Bu kamchiliklar borasida mashg'ulotlarda jiddiy ish olib boramiz. O'ylaymanki, keyingi turlarda yo'l qo'yilgan xatolarni bartaraf etishga harakat qilamiz. 

Birinchi bo'lim asosan bizni nazoratimiz ostida o'tdi. Ko'plab golli vaziyatlarni yarata oldik. Abdulla Nabiev dastlabki daqiqalardayoq uchta gol yozib qo'yishi mumkin edi. Ikkinchi bo'limda amalga oshirilgan oltita o'zgarishdan so'ng o'yin nazorati tenglashdi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar tezda o'yinga kirishib keta olmadi. Oxirgi 20 daqiqalikda mazmunliroq o'yin ko'rsatdik. Maradona Safarov oxirgi daqiqalarda yuzaga kelgan ikkita qulay vaziyatda yani darvozabon bilan birga-bir chiqib so'nggi zarbani aniq yo'llay olmadi. Darvozabon ham mahorat ko'rsatdi Vazifamiz o'zgarmagan. Asosiy tarkib jamoamizga munosib futbolchilarni etishtirib berish uchun ishlaymiz" , - deydi yoshlar jamoamiz bosh murabbiyi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика