So’nggi yangiliklar

12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  0 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  5 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  7 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  10 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  5 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  2 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  1

"Mashal" safida ko'rikdan o'tayotgan futbolchilar Yangiliklar

"Mashal" safida ko'rikdan o'tayotgan futbolchilar

Muborakning "Mashal" klubi tarkibida ko'rikdan o'tayotgan ikki legioner haqida malumot taqdim etamiz.

Maksim Lipin (Estoniya)

Maksim “Puuma” futbol maktabida tahsil olgan.

U 19 yoshida  o'zining birinchi professional shartnomasini “Infonet” klubi bilan imzolaydi. SHu yili  “Infonet” jamoasida 26ta gol kiritishga muvaffas bo'ladi va jamoasini Estoniya premer ligasiga olib chiqishga o'z xissasini qo'shadi.

Maksim Lipin 2015 yilda mamlakat chempioni FK “Levadia” bilan shartnoma imzolaydi.

Ammo u  mavsum yarimiga kelib  jiddiy jarohat oladi va mavsum so'ngiga qadar maydonga tusha olmaydi.

2016 yil  FK “Sellamyae Kalev” jamoasiga o'tadi.

22 yoshli  futboli 2016 yilgi mavsum Estoniya Premer-ligasida 34ta uchrashuvda maydonga tushgan va raqiblar darvozasiga ikki bor yo'l topa olgan. SHuningdek u Estoniya olimpiya terma jamoasi azosi hisoblanadi. Ampulasi yarim himoyachi, yakka kurashlarda ancha tezkor.

Ayni vaqtda Lipin jamoa nazorat ko'rigida bo'lib turibdi. Uning harakatlari murabbiylarga maqul kelsa yangi masumda futbolchi "gazchiga" aylanadi.
 



Konstantin Belov (Rossiya)

Konstantin Belov futbolning sir asrorlarini bolalar  murabbiyi, Vasiliy Karpov rahnamoligida Turkmanistonning Ashxobod shahrida puxta egallay boshlaydi.

U 1997-1998 yillirda Rossiyaning Nogins  jamoasi futbol  akademiyasida tahsil olgan, 1998 yildan  2008 yilga qadar Moskva Lokomotiv klubining yoshlar jamoasida to'p tepgan. 2008 yilda Belov Amkar jamoasiga ko'chib o'tadi va bu jamoaning ham yoshlari safida faoliyatini davom ettiradi. Kostyaga bir yildan so'ng Moskva jamosidan taklif tushdi. Futbolchi Moskva jamoasi tarqatib yuborilgunga qadar jamoada qoladi.

2010 yilda professional faoliyatini u “Ryazan” jamoasida boshlaydi.

Konstantin Belov o'zining faoliyati davomida quyidagi jamoalar safida to'p tepgan: "Zvezda", "Ximki", "Yurmala", "Dnepr", "Petrotrest", "Ximik", "Kolomna", "Afips" va "Isloch".

Ayni vaqtda Belov jamoa nazorat ko'rigida bo'lib turibdi. Uning ham harakatlari murabbiylarga maqul kelsa yangi masumda futbolchi "Mashal" azosiga aylanadi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика