So’nggi yangiliklar

10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  1 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  1 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  2 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  4 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  2 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  8 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  11 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  3 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  1 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  6 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  20 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  3 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   3 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1

"Mashal" futbolchisi Tojikiston terma jamoasiga chaqiruv oldi Yangiliklar

"Mashal" futbolchisi Tojikiston terma jamoasiga chaqiruv oldi

Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov bo'lajak o'yinlar uchun chaqirilgan futbolchilarni elon qildi.

23 mart kuni Tojikiston Manamada Bahrayn bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi, 28 martda Doxada Yaman bilan 2019 Osiyo Kubogi saralashi doirasidagi o'yinda ishtirok etadi.

Ushbu bahslar uchun Tojikiston terma jamoasiga 27 nafar futbolchi chaqirildi – 4 darvozabon, 8 himoyachi, 11 yarim himoyachi va 4 hujumchi. Termaga olti nafar legioner taklif qilindi – darvozabon Abduaziz Maxkamov (Oloy, Qirg'iziston), himoyachilar Davronjon Ergashev (Taraz, Qozog'iston), Iskandar Jalilov (Dunav, Bolgariya), yarim himoyachilar Parvizjon Umarboev (Lokomotiv, Plovdiv, Bolgariya), Nozim Bobojonov (Bahrayn, Bahrayn) va Umedjon SHaripov (Mashal, O'zbekiston).

22 mart kuni tongda Tojikiston terma jamoasi delegaciyasi Dubay orqali Manamaga uchadi.



Tojikistonning kengaytirilgan tarkibi:

Darvozabonlar:
Abduaziz Maxkamov (Oloy, Qirg'iziston), Kurbonali Boboev (Istiqlol), Daler Azizov (Regar-TadAZ), Bexruz Xayriev (Barkchi);

Himoyachilar: Davronjon Ergashev (Taraz, Qozog'iston), Iskandar Jalilov (Dunav, Bolgariya), Siyovush Asrorov, Sohib Savanqulov, Amirbek Jo'raboev, Tabrezi Davlatmir, Axtam Nazarov (barchasi – Istiqlol), Oybek Abdugafforov (Xosilot);

Yarim himoyachilar: Parvizdjon Umarboev (Lokomotiv, Plovdiv, Bolgariya), Nozim Bobojonov (Bahrayn, Bahrayn), Umedjon SHaripov (Mashal, O'zbekiston), Muxsindjon Parpiev (Barkchi), Nuriddin Davronov, Fatxullo Fatxulloev, Exsoni Panshanbe, Jahongir Aliev, Romish Djalilov (barchasi – Istiqlol), Firuz Karaev (Regar-TadAZ), Muhammadjoni Hasan (Xosilot);

Hujumchilar: Manuchexr Jalilov, Jahongir Ergashev, Dilshod Vosiev (barchasi – Istiqlol), Davronjon To'xtasunov (Xo'jand).

Bosh murabbiy – Xakim Fuzaylov.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика