So’nggi yangiliklar

19:20Жо Коул АПЛ янги мавсуми фаворитини айтди  0 19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  0 19:00Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" (матнли трансляция)  9 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  4 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4 14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0

"Mashal": Davralar oralig'ida o'zgarishlar haqida Yangiliklar

"Mashal": Davralar oralig'ida o'zgarishlar haqida

Bugun Muborakda futbol bo'yicha O'zbekiston milliy chempionatining ikkinchi davra uchrashuvlariga start beriladi.
"Mashal" bugun Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasini qabul qiladi. Ushbu uchrashuv oldidan davralar oralig'ida jamoamizda bo'lib o'tgan o'zgarishlar haqida malumot berib o'tamiz.

Birinchi davradan so'ng 19 ochko to'plagan holda oltinchi pog'onada borayotgan "Mashal" safini uch futbolchi tark etdi.

Jumladan:

Otabek Narzullaev o'yin amaliyotiga kam ega bo'lganligi bois jamoamizni erta tark etdi. Narzullaev ikkinchi davrani "Buxoro" safida davom ettiradi.

Salamat Qutiboev ham jarohatidan so'ng safga qaytishda qiyinchilikka uchradi va ikkinchi davrani bugungi raqibimiz "So'g'diyona" safida o'tkazishga qaror qildi. Bugun Qutiboev "So'g'diyona"dagi ilk uchrashuvini ham aynan "Mashal"ga qarshi o'tkazishi mumkin.

Eldor Ergashev ham birinchi davradan so'ng asosiy tarkibda maydonga tusha olmadi va ikkinchi davrani "Olmaliq"da o'tkazishni maqul topdi.

Jamoamizni boshqa futbolchilar tark etmagan.

Ikkinchi davrada jamoamiz safiga faqatgina SHahzod SHaymanov kelib qo'shildi. SHaymanov aslida "Mashal" futbolchisi bo'lib , o'tgan mavsumni ijara asosida "Andijon" safida o'tkazgan edi. Ikkinchi davrani SHaymanov "Mashal"da davom ettiradi.

Bugun 12:00 da klub akademiyasining majlislar zalida "Mashal" rahbariyati, murabbiylari , fan-klub, muxlislar ishtirokida ikkinchi davra oldidan yig'ilish bo'lib o'tadi. Yig'ilishda SHahzod SHaymanovga o'z formasi taqdim etiladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика