So’nggi yangiliklar

13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  0 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  4 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  2 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  10 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  8 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  19 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8

"Mashal": 7 nafar vakilimiz "Barkamol avlod-2014"da ishtirok etadi Yangiliklar

"Mashal": 7 nafar vakilimiz "Barkamol avlod-2014"da ishtirok etadi

Xabaringiz bor ushbu yilda yurtimizdagi uch bosqichli sport bayramining "Barkamol avlod" musobaqalari Namangan shahrida bo'lib o'tadi.
Unda sportning ko'plab turlari bo'yicha jamoalar kurash olib boradi. May oyida bo'lib o'tadigan ushbu katta tadbirda "Mashal" klubi futbolchilar jamoasidan etti nafari ishtirok etadi.

31 martdan - 5 aprelga qadar Toshkentda bo'lib o'tgan saralash bahslarida 9 nafar futbolchimiz ishirok etdi. Qashqadaryo viloyati sharafini himoya qilgan etti nafar futbolchilarimiz esa jamoasi bilan birgalikda Namanganda bo'lib o'tadigan final bosqichiga yo'l oldi.

Namanganda Qashqadaryo terma jamoasi vakillaridan tashqari Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo viloyati jamoalari ham keyingi bosqichda ishtirok etadi.
Final bosqichi qura tashlash yo'li bilan yarim final va final uchrashuvidan iborat bo'ladi.

Yarim final ishtirokchilari:

1. Toshkent shahri
2. Toshkent viloyati
3. Qashqadaryo viloyati
4. Sirdaryo viloyati

Yuqorida aytib o'tganimizdek Qashqadaryo sharafini 7 nafar vakilimiz himoya qilib keyingi bosqichga yo'l olgan bo'lsa, yana ikki nafar vakilimiz Namangan viloyati sharafini himoya qilgan.

Qashqadaryo viloyati:

1. Akbar Abraev (darvozabon)
2. SHokir Yo'ldoshev (hujumchi)
3. SHamsiddin Sadullaev (yarim himoyachi)
4. Muni Mirmuhsin Yusupov (yarim himoyachi)
5. Temur Yumangulov (himoyachi)
6. Mirjalol Qosimov (yarim himoyachi)
7. Bekzod Rahmonov (yarim himoyachi)

Namangan viloyati:

1. SHohjahon Abbosov (hujumchi)
2. Maqsud Mahmudov (yarim himoyachi)

Toshkentda bo'lib o'tgan saralash bahslarini Qashqadaryo viloyati jamoasi barcha uchrashuvlarni g'alaba bilan yakunlab keyingi bosqichga yo'l olgan bo'lsa, Namangan jamoasi keyingi bosqichga chiqa olmadi.

SHunday qilib endi yakuniy bosqichda etti nafar vakilimiz ishtirok etadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика