Martinelli: "Braziliya nimanidir o'zgartirishi kerak deb o'ylamayman. Keyingi o'yinda shunchaki gol urish kerak"
03 dek 2022 12:42
Yangiliklar
Martinelli: "Braziliya nimanidir o'zgartirishi kerak deb o'ylamayman. Keyingi o'yinda shunchaki gol urish kerak"
Gabriel Martinelli Braziliya terma jamoasining JCH-2022 3-turida Kamerundan uchralgan mag'lubiyati (0:1) xususida gapirdi.
"Menimcha, biz hech narsani o'zgartirishimiz shart emas. Qilayotgan ishimizni davom ettirishimiz kerak. Keyingi o'yinda shunchaki gol urish kerak.
Allaqachon pley-offda ekanligimizni bilardik, lekin, albatta, g'alaba qozonishni xohlagandik. Yaxshi o'ynadik, lekin bir nechta imkoniyatlarni boy berdik. Futbol shunaqa: siz urmasangiz, sizga urishadi, siz esa mag'lubiyatga uchraysiz.
Biz bu bundan saboq olib, bor etiborimizni 1/8 final o'yiniga qaratamiz", – dedi Braziliya termasi vingeri.
Braziliya 5 dekabr kuni 1/8 finalda Janubiy Koreya bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar