Markos Roxo: "MYU" – fantastik jamoa"
19 avg 2014 05:55
Yangiliklar
Markos Roxo: "MYU" – fantastik jamoa"
Lissabonning "Sporting" jamoasi himoyachisi Markos Roxo "Manchester Yunayted" tarkibiga o'tayotganini tasdiqladi.
– "MYU" – fantastik jamoa va bu orzumning amalga oshishi. Men Veron ("MYU"ning sobiq futbolchisi) bilan ushubu transfer to'g'risida gaplashib ko'rdim va u menga rozi bo'lishim kerakligini aytdi.
"Sporting"ni tark etishim juda qiyin", – takidladi Roxo.
Avvalroq, "MYU" "Sporting" klubiga 24-yoshli argentinalik himoyachi uchun 20 million evro va yarim himoyachi Nanini ijaraga berishi oydinlashgandi.
Bugun Roxo Manchester shahriga yo'l oladi va u erda "MYU" bilan "4+1" ko'rinishidagi shartnomani imzolashi kutilmoqda.
"Qizil iblislar"ning Portugaliyaning "Sporting" jamoasidan navbatdagi xaridi omadli bo'larmikin, Roxo jamoa o'yiniga joziba olib kira oladimi? Bunga vaqt javob beradi.
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar