Marko Kolakovich: "Bakaevdan ko'p yaxshi jihatlarni o'rgandik"
30 noy 2022 16:47
Yangiliklar
Marko Kolakovich: "Bakaevdan ko'p yaxshi jihatlarni o'rgandik"
Klub ushbu xabarni rasman tasdiqlaganidan keyin Markoning kelishuvni uzaytirgani borasida fikrlariga quloq tutdik.
"Ha, klub bilan shartnomam muddatini uzaytirdim. Ikki tomonning o'zaro kelishuviga ko'ra, bu amalga oshdi. Kecha klub bilan 2023 yilning dekabriga qadar shartnoma imzoladim.
Albatta, boshqa klublardan ham takliflar bo'ldi, lekin men "So'g'diyona"da uch mavsumni muvaffaqiyatli o'tkazdim. SHu sababli yana jamoada qolish taklifiga rozilik bildirdim.
Ulug'bek Bakaevning istefosi? O'ylaymanki, u "So'g'diyona"ni yuqori saviyaga ko'tardi. Klubni yanada o'sishiga ko'p xizmat qildi. Uning qo'l ostida to'p tepgan futbolchilar undan ko'p yaxshi jihatlarni o'rgandi. Umuman olganda, Bakaev haqida ko'p gapirish mumkin.
Yangi mavsumda ham katta maqsadlarni qo'yganmiz. 2022 yilda erisha olmagan natijalarimizga keyingi yilda erishmoqchimiz. Rahbariyat ishonchini oqlashga harakat qilmoqdamiz. Aniq maqsadlar haqida mavsum boshlangan vaqtda yana gaplashamiz", – deya so'zini yakunladi Marko Kolakovich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar