So’nggi yangiliklar

13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  0 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  2 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  3 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  5 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  2 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  3 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  1 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  8 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  7 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  27 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3

Markaziy o'yinda yutqazmagan murabbiy, legioner posbon va "Andijon" hujumchisi - Superligada 11-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Markaziy o'yinda yutqazmagan murabbiy, legioner posbon va "Andijon" hujumchisi - Superligada 11-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 11-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 11-turning eng yaxshi darvozaboni – Pavel Pavlyuchenko ("Paxtakor")

"Paxtakor" bu tur o'z maydonida Namanganning "Navbahor" klubini qabul qildi va durang o'ynadi. Uchrashuv davomida Pavlyuchenko darvozasidan to'p olib chiqmadi va bir necha bor jamoasi joniga ora kirdi. Ayniqsa, birinchi taymdagi seyvlari yodda qolarli bo'ldi. SHu tariqa Pavlyuchenko turning eng yaxshi posboni sifatida etirof etildi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 11-turning eng yaxshi murabbiyi – Samvel Babayan ("Navbahor")

Samvel Babayan qo'l ostidagi "Navbahor" bu tur Toshkentga safar uyushtirib "Paxtakor" bilan 0:0 hisobida durang qayd etdi. "Paxtakor"ga safarda mag'lub bo'lmagan Samvel Babayan shogirdlari bu mavsum Superligada yutqazmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. SHunday qilib, "Paxtakor" bilan jangovar durang qayd etgan "Navbahor" ustozi Samvel Babayan turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 11-turning eng yaxshi futbolchisi – Rustam Turdimurodov ("Andijon")

"Andijon" bu tur safarda "Qizilqum"ga qarshi o'ynadi va 3:3 hisobida durang qayd etdi. CHetlatishlar tufayli kamchilikda qolgan "burgutlar" shu kuni juda qiyin durangga erishishdi. Mehmonlar hujumchisi Rustam Turimurodov 44 va 78-daqiqalarda to'p kiritib, jamoasining mag'lubiyatga uchramasligiga katta hissa qo'shdi. SHu tariqa Rustam Turdimurodov 11-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.  




Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 11-turning eng chiroyli goli muallifi – Rustam Turdimurodov ("Andijon")

Rustam Turdimurodovning 44-daqiqada urgan goli juda ham chiroyli chiqdi va championat.asia sayti talqiniga ko'ra, turning eng chiroyli goli deb topildi.


 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика