Mark Bartra: Real sermahsul o'ynadi: ikkita imkoniyat - ikkita gol
17 apr 2014 09:28
Yangiliklar


Mark Bartra: Real sermahsul o'ynadi: ikkita imkoniyat - ikkita gol
Barselona himoyachisi Mark Bartra "el-klassiko"dan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Hafta davomida jarohatim bezovta qildi. Lekin bunday o'yinni o'tkazib yubora olmas edim.
Bizda ko'plab golli vaziyatlar bo'ldi. O'yinni asosan biz nazorat qildik. Ularda esa ikkita imkoniyat va ikkita gol. "Real" ajoyib sermahsullik ko'rsatdi.
Nimayam qilardik, oldinda chempionatning yana ikkita o'yini kutib turibdi. Sovrin uchun qo'ldan kelganicha xarakat qilamiz, – deb aytib o'tdi Bartra.

Fikrlar