So’nggi yangiliklar

17:55Ҳиндистон клуби ОЧЛ 2 мусобақасидан четлаштирилди  0 17:35"Қайрат"нинг португалиялик легионери: "Тарихга кириш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  1 17:14Факт. "Бухоро" 23 йилдан буён "Машъал"ни сафарда ютолмаяпти  1 16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  4 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1 16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  6 15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  33 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  11 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0 14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  17 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  11 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  4 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  4

Mariya Moiseeva futbolchilik faoliyatini yakunladi Yangiliklar

Mariya Moiseeva futbolchilik faoliyatini yakunladi

“Sevinch” jamoasining yutuqlariga salmoqli hissa qo'shgan va jamoamizning tajribali yarim himoyachisi 19-raqam ostida harakat qilgan futbolchi qizimiz Mariya Moiseeva futbolchilik faoliyatin yakuniga etkazdi.

Mariya Moiseeva  “Sevinch” jamoasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi. U jamoamiz safida ko'plab mamlakatimizda o'tkazilgan chempionatlarda, xorijiy turnirlarda sovrindor bo'ldi. U shuningdek mamlakatimiz terma jamoasi safida ham o'ynab, o'zini mohir futbolchi ekanligi namoyish qildi.

Mariya Moiseeva bu yildan futbolni tark etishga qaror qildi va keyingi faoliyatini yoshlarga talim-tarbiya berishga bag'ishlashga qaror qildi. O'zbekiston Davlat jismoniya tarbiya institutining magistraturasini tugatgan Moisseva endilikda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida  talabalarga talim beradi.

"Sevinch" klubi qoshidagi restoranda Mariya Moiseevani kuzatish marosimi o'tkazildi. Marosimda jamoamiz bosh murabbiyi V.N.Xan Mariyaning jamoa yutuqlariga qo'shgan hissalari to'g'risida to'xtalib, uning keyingi faoliyatida ulkan zafarlar tiladi.

SHuningdek kechada klubimiz rahbari Nodir Xalilov ham ishtirok etib, Moiseevaga “Sevinch” jamoasidagi faoliyati uchun  klub rahbariyati nomidan va barcha futbol ishqibozlari nomidan kattadan-katta  tashakkurlar izhor etdi. Jumladan, “Jamoamizni bir oila deb bilsak, Mariya uning allaqachon to'laqonli azosiga aylandi. Uning xulqi ham o'yinchi sifatidagi faoliyati ham yosh futbolchi qizlarimizga haqiqiy o'rnak bo'ldi. Biz Mariya bilan xayrlashmaymiz balki, u doimo bizning katta oilamizning azosi sifatida qoladi va uning uchun har doim eshiklarimiz ochiq bo'ladi. SHuni ishonch bilan aytamanki, u keyingi hayotida ham xuddi jamoamizdagi kabi katta yutuqlarga erishadi.”,-deydi Nodir Xalilov.

SHundan so'ng klubimiz rahbari  hamda jamoamiz bosh murabbiylari Mariya Moiseevaga esdalik sovg'alari va guldasta taqdim qilishdi.

Ushbu marosim bilan birga bugun tug'ilgan kunini nishonlayotgan Feruza Turdiboevani ham N.Xalilov va V.Xanlar qizg'in tabriklashdi. Feruzaga ham esdalik sovg'asi va guldasta topshirildi. Futbolchi qizlarimiz ham Mariya va Feruzaga o'zlarining ezgu tilaklarini bildirishdi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика